Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozbek adabiyoti tarixi

Savol va topshiriqlar:

1. Mirtemirning hayot yo`li  haqida so`zlab bering.

2. Mirtemirning qanday asarlarini bilasiz?

3. Mirtemir she`rlarining milliyligi to`g’risida nima deya olasiz?

4. “Surat” lirik qissasi qachon yaratilgan? Uning ijodiy tarixi

qanday?


5. “Mirtemir-lirik she`r  ustasi” mavzusida badiiy matn tayyorlang.

Mavzu: Komil Yashin

Reja:

1. Komil Yashinning hayot yo`li va ijodiy faoliyati.

2. Komil Yashin dramalari.

3. Tarixiy haqiqat va badiiy to`qima.




36

Matn adabiyotlar:

1. Yashin K. Tanlangan asarlar (2 tomlik).-T.: “Badiiy adabiyot”, 2-

tom, 1958.

2. Yashin K. Tanlangan asarlar (3 tomlik).-T.: “Badiiy adabiyot”, 3-

tom, 1962.

3. Yashin K. Tanlangan asarlar (4 tomlik).-T.: “Badiiy adabiyot”, 1-

2-tomlar, 1970-71.

4. Yashin K. Asarlar (6 jildlik).-T.: 1-2-jildlar, 1976-1979.

5. Abdusamatov H. Tradisiya va novartorlik problemasi (Hamza va

Yashin ijodi asosida).-T.: “Fan”, 1974.

6. Abdusamatov H., Samadov M. Yashin (hayoti va ijodi).-T.:

“Adabiyot va san`at”, 1979.

7. Azimova M., Soliyev A. Ijod saboqlari  (Komil Yashin

mahorati).-T.: 1979.

8. Pushkarskaya N., Xodjayev A. Obraz jenshin v dramaturgii

Yashina. «Zvezda Vostoka», 1952, №3.

9. Ustaboyev  H.  Dramaturg  Komil  Yashin.//  «O`zbek  tili  va

adabiyoti masalalari», 1969, 4-son.

10. K.Yashin ijodiy yo`li. (Maqolalar to`plami).-T.: «Fan», 1963.

11. Qurbonov N., Mahkamov V. Yashin ijodida Xotin-qizlar ozodligi

       temasi. // «Qizil O`zbekiston», 1953, 19 iyun.

12. G`ulomov B. Komil  Yashin. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 jildli).-

       T.: «Fan», 2-jild, 1971.

Yashin-hozirgi zamon  o`zbek dramaturgiyasining yirik va keksa

vakili edi. U jamoat arbobi sifatida o`zbek teatr san`ati taraqqiyotiga

salmoqli ulush qo`shgan ijodkor edi.

Komil No``mon o`g’li 1909-yil 25 dekabrda Andijon shahrida

tug’ildi. “Yashin” uning adabiy taxallusidir. Otasi No``mon Jumaboy

o`g’li savdo-sotiq bilan shug’ullangan. U savdoda singach, o`g’illari

Mo`minjon, Hakimjonlar qaramog’ida yashaydi. Ma`rifatli odam bo`lgani

uchun farzandlarini fan-ma`rifatni egallashga yo`llaydi. Komiljonni olti

yoshidanoq eski maktabga  beradi, o`n bir yoshga yetganda rus maktabida

o`qita boshlaydi. Komiljon yettinchi sinfni “a`lo” baholar bilan tugatganini

va o`tkir zehni, fikrlashidagi jur`atini sezishib, uni Leningraddagi

O`rmonchilik instituti qoshidagi tayyorlov kursiga o`qishga yuboradilar.

Komiljon kursni  tugatib institutga  kiradi va ikki yil  o`qiydi. Ammo

shaharning rutubatli havosi unga yoqmaydi, tez-tez kasal bo`ladi, shu

tufayli Andijonga qaytib kelib, maktabda til va adabiyot, fizikadan dars




37

beradi. Leningraddek katta madaniy shahar uning ilmiy va ma`rifiy, adabiy

dunyosining boyishiga katta yordam bergan edi. Chunki u hali maktabda

o`qib yurgan chog’laridayoq she`r yozishga  urinar va Leningradga

bormasdan avval, ya`ni 1925-yildan matbuotda o`z she`rlari bilan ko`rina

boshlagan edi. 1926-yildan esa pesalar yozishni  mashq qilishga kirishadi.

1929-yildan Andijon viloyat teatrida  adabiy emakdosh bo`lib ishlaydi.

Undan keyingi hayoti  ham sevgan san`ati-teatr bilan  jips bog’lanadi.

Yashin uzoq yillar mobaynida san`at ishlari boshqarmasiga rahbarlik

qiladi, 1958-1980-yillarda esa O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining

birinchi kotibi sifatida adabiy jarayonni boshqaradi.

Uning ijtimoiy faoliyat doirasi ham g’oyat keng edi.

Yashin uzoq  vaqt davomida Hamza nomidagi respublika Davlat

mukofoti  qo`mitasiga rais, turli xalqaro anjumanlarning tashabbuskori

bo`ldi. U 1960-yili  O`zbekiston Fanlar akademiyasiga muxbir a`zo, 1969-

yilda esa haqiqiy a`zo etib saylandi.

Ko`rinadiki, Yashin uzoq yillar davomida adabiyot va san`at

daryosining boshida turdi, bu daryoning yo`nalishi, oqishi va mavjiga

o`zining sezilarli ta`sirini o`tkazadi.

Yashin  dramaturgiya sohasidagi ijodini drama qanday bo`lishi

kerak, degan savolga javob qidirishdan boshladi. U agar 16 yoshidayoq

matbuotda o`z she`rlarini e`lon qila boshlagan bo`lsa, 17 yoshida bir

pardali pesalar yozdi (“Karquloq”, 1926; “Teng-tengi bilan”, “Lolaxon”,

“Quyosh”, 1927). 18 yoshidan esa aktyor, teatr va drama janri to`g’risida

o`zining qarashlarini  bildirishga o`tdi. “Oltin kamar” (1928) maqolasida

“sahnamiz-chinakam oynak”, aktyorlar esa “xalqimizning orzu-

armonlarini, millionlarning his-tuyg’u va hayajonlarini, madaniyat

sohasidagi muvaffaqiyatlarimizni, yangi tuzumimizni, ideallarimizni sahna

chamanida  tarannum etuvchi bulbullardir. Bularning har biri qalbimizni

kashf etuvchi shoir, rassom”, deb ta`kidladi. Yashin biroz keyinroq

“Dramaturgiyaga shuning uchun zo`r e`tibor berish kerakki, adabiyotning

hech bir turi ommaboplikda, ta`sir qilishda pesa bilan tenglasha  olmaydi”,

deb yozadi. Bular Yashinning dramaturgiya va teatr san`atiga bo`lgan

muhabbatining bosh sababidir. Yashin “Meyerxold va uning nazariyalari”

(1930) maqolasida uning ijodiy prinsiplarini ko`rsatib, o`zbek teatri

vakillarini undan o`rganishga  chaqiradi.

Yashin o`zbek dramaturgiyasida Hamza an`analarini sadoqat bilan

rivojlantirdi. U ayni chog’da o`zbek musiqali drama janri rivojiga ham

munosib hissasini qo`shdi. O`zbekistonda opera janrining qaror topishi

Yashinning “Bo`ron”  asari bilan bog’liq.




38

Yashin timsolida  o`z ustoziga sadoqatning yorqin namunasini

ko`ramiz: u Hamzaning adabiy merosini to`plash va xalqqa yetkazishda

katta xizmat qildi; “Boy ila xizmatchi”, “Paranji sirlaridan bir lavha”

(“Xolisxon”) ning sahna variantlarini tikladi. Yashin 1939-yili “Boy ila

xizmatchi” asarini qayta  ishlab yangi, sahna variantini tayyorladi va o`sha

vaqtdan to 90-yillargacha u sahnadan tushmadi.

Yashin Hamza ijodi haqida ko`pgina ilmiy maqolalar ham yozdi.

Amin Umariy bilan  hamkorlikda  “Hamza” pesasini yaratdi. Ayni chog’da

“Hamza” filmi ssenariysini yozdi, “Hamza” operasi (S.Boboyev bilan

hamkorlikda), “Olovli yo`llar” nomli 17 seriyali telefilm (Boris Privalov,

Shuhrat Abbosov  bilan birga) yuzaga kelishiga o`z hissasini qo`shdi.

“Hamza” romani esa, shoirning murakkab hayot yo`li, kurashi va shaxs

sifatida jasorati, ijodkorlik qiyofasini aks ettirishga bag’ishlangan.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Yashin asarlarining realistik kuchi,

haqqoniyligi va jozibadorligini ta`minlaydigan bir jihat bor. Bu-

dramaturgning o`z asarlari uchun  mavzu, material va qahramonlarni, fikr-

g’oyalarni  hayotning o`zidan olishidir, ya`ni muhim tarixiy voqealar va

hayotning o`zi yaratib bergan tayyor qahramonlar-tarixiy shaxslarga

suyanishidir. “Bo`ron” qahramonlari badiiy to`qima mevasi bo`sa-da,

uning syujeti asosini tarixiy 1916-yildagi xalq qo`zg’oloni voqealari

tashkil etadi. “Nurxon” da esa aktrisa Nurxon Yo`ldoshevaning hayoti va

fojiali taqdiri turadi.

“General Rahimov” dramasida ham tarixiy shaxs hayoti va

qahramonligi yoritiladi.

Yashinning “Inqilob tongi” pesasida ham atoqli davlat arbobi

Fayzulla Xo`jayevning kurash yo`li va Buxorodagi inqilob voqeasi asos

qilib olingan.

Yashin dramalarida ko`plab personajlar ishtirok etsa-da (katta tarixiy

voqea tasvirlanadi, voqea turli joylarda yuz beradi, vaqt chegarasi ham

keng bo`ladi, turli taqdirli  ko`p odamlar qatnashadi), bir yoki ikki

qahramonni asarni ko`tarib turuvchi ustunga aylantiradi. “Inqilob tongi” da

ham shunday. Ko`p asarlarida sarlavhaning o`zidayoq bu holni ta`kidlab

o`tadi: “Lolaxon”, “Nurxon”, “Asal”, “Bo`ron”, “Hamza”, “Dilorom”,

“Oftobxon”, “General Rahimov” yoki “Farhod va Shirin”, “Ravshan va

Zulxumor”... Dramaturg asarning bosh g’oyasini shu bosh qahramon

taqdiri, hayot va kurash yo`li  bilan bog’lasa-da, boshqa personajlarning

ham asardagi ishtiroki va tutgan o`rnini mantiqan asoslaydi, ular

zimmasiga muhim g’oyaviy yuk yuklaydi.



39

Yashin  o`zbek  dramaturgiyasida  tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar

hayoti va kurashi misolida xalqning taqdirini, o`sha tarixiy davr ruhini

to`g’ri ifodalash  bobida, tarixiy shaxs, tarixiy hujjat bilan badiiy to`qimani

bir-biriga uzviy bog’lash va badiiy haqiqatni ifodalashga xizmat ettirish

sohasida, operani milliy zaminga qurishda, qahramonona ruhdagi  ayollar

obrazini yaratishda, xalq ijodiga suyanib turib, musiqali dramalar ijod etish

va “Gulsara”, “Nurxon” musiqali dramalari timsolida zamonaviy

materialda tomoshabop  dramalar yozishda katta tajribalar to`pladi,

an`analar yaratdi. U epik dramaturgiyani yangi bosqichga olib chiqdi.

Hamza  obrazini dramada, kinoda, ko`p seriyali telefilmda hamda roman

janrida keng manzarali lavhalarda gavdalantirishda tajribalar o`tkazdi.

Yashin  mohir rahbar, adabiyot va san`atning jonkuyari  sifatida

madaniyatimiz kamolotida qo`lidan kelgan mehnatini ayamadi va o`zining

salmoqli ulushini qo`shdi. U 1997-yili vafot etdi.


Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin