Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozbek adabiyoti tarixi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mavzu
Savol  va topshiriqlar:

1. Maqsud Shayxzoda hayoti  haqida  nimalarni  bilasiz?

2. Shoir she`rlarining o`ziga xos xususiyatlari deganda nimalarni

tushunasiz?

3. Shayxzodaning dramaturgiya  sohasidagi mahorati  nimalardan

iborat?


4. Maqsud Shayxzodaning ilmiy va tanqidiy maqolalari bilan

tanishing va konspektlashtiring.



Mavzu: Uyg’un

Reja:

1. Uyg’un hayoti va ijodi.

2. Uyg’un lirikasi mavzusi va g’oyasi.

3. Urush va urushdan keyingi yillarda Uyg’un  ijodi.

4. Uyg’un-dramaturg.

Matn adabiyotlar:

1. Uyg’un. Asarlar (6 jildlik).-T.: “Adabiyot va  san`at”, 3-4-5-

jildlar, 1976-77-78.

2. Uyg’un. Davrim tarovati. She`rlar va hikoyalar.-T.: 1980.




30

3. Uyg’un. Asarlar (4 jildlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 1-jild, 1977.

4. Abrorov A. Uyg’un. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 jildlik).-T.: 2-

jild, 1971.

5. Ahmadjonova K. Uyg’un-lirik shoir.-T.: “Adabiyot va san`at”,

1979.


6. Qorayev T. Uyg’un she`riyatida tabiat lirikasi.// T.Qorayev.

Uyg’un mahorati. -T.: “Fan”, 1984.

7. Uyg’un. Asarlar (6 tomlik).-T.: “Adabiyot va  san`at”, 3-4-5-

jildlar, 1976-78.

8. Azizova R. Uyg’un dramaturgiyasining ba`zi xususiyatlari //

“Sharq  yulduzi”, 1971, 5-son.

9. Azizova  R. Uygun i teatr.-T.: izdatelstvo literatura i iskusstvo

imeni  G.Gulyama, 1975.

10. Sultonova Ch. Uyg’unning dramatik mahorati.-T.: “Fan”,1984

11. Qorayev T. Uyg’un mahorati.-T.: “Fan”, 1984.

XX asr  o`zbek adabiyoti taraqqiyotida  Uyg’unning o`ziga xos o`rni

bor. U adabiyotga 20-yillarning  o`rtalarida kirib keldi. Bu davr ijodkorlari

asosiy maqsad, g’oya, obrazlar tizimi badiiy tasvir vositalarini, asosan erk

va istiqlolni kuylashga bo`ysundirganlar. Lekin Uyg’un ijodida yangi

tuzum g’oyalari ustunlik qildi. “Nazir otaning g’azabi”, “Brigadir Karim”

singari she`rlari,  1931-yilda yozilgan “Jontemir” dostoni ana shu ruhdagi

asarlar sirasiga  kiradi.

Uyg’un lirikasidagi peyzaj tasviri misolida o`zining tarixiy yo`lidagi

nafisliklarini namoyish qiladi. Bu nafosatda o`lka va tabiat go`zalligi bilan

birga ularga hamohang va hamroz inson qalbi tamannolari ham aks etadi.

Bu fazilat shoirning 20-yillardagi dastlabki she`rlaridayoq ko`rinib, 80-

yillarda bitilgan she`rlariga ham xos bo`ldi.

Uyg’unning  ijodida kuz haqida bitilgan bir-biridan dilbar misralar

ko`p. Ularni o`qib,  xuddi  tabiat og’ushida turgandek bo`lamiz:

Oltin kuz suvlari shu qadar tiniq,

Oyna bo`la  olur qizlar qarasa.

Olamni ko`mgudek  gullarning isi,

Chaman kokolini shamol  tarasa.

                                    (“Oltin kuz”)

Bahor haqidagi she`rlar Uyg’un ijodiyotida sanoq, salmoq va

mohiyati jihatidan alohida o`rin tutadi. Olti jildlik “Asarlar” ning

she`rlaridan tashkil  topgan ikki jildli mundarijasida sarlavhasiga “bahor”

so`zi olib chiqilgan she`rlarning o`ziyoq salkam o`ttizta. Bahor, gul,



31

binafsha, moy chechaklari madh etilgan she`rlarning umumiy soni bundan

uch hissa ko`proq. Takror  va qaytariqlari mo`l bu yo`nalishdagi  asarlar

ichida tabiatning go`zal va betakror qiyofasi tasvirlangan, tabiat timsolida

teran  falsafiy mushohadalar ifodasini topgan  asarlar ham oz emas.

Uyg’un nechog’li tabiat kuychisi  bo`lmasin, uning go`zalligidan

nechog’li yonib-kuyib falsafiy ma`nolar o`qimasin, she`riyati asosini

inson, inson  umrining ma`nosi va shu ma`no olamidagi  hali anglab

yetilmagan ma`nilarni izlash tashkil etadi. Shu jihatdan uning “nima ish

qilgansan?” she`ri muhim:

Oltmishga kirganda olti paqirlik

Ish qilmasdan o`tgan shovvozlar ham bor.

Kimga kerak bunday besamar umr?

Undan afzal ming bor yerga yoqqan qor.

Umri  o`tganlar bor qisir bulutday,

Yerga  tashlamagan bir tomchi ham nam.

Agar inson bo`lsang naf yetkaz xalqqa,

Faqat  yashashgina  inson uchun kam.

Xuddi  mana shu-xalqqa naf yetkazish g’oyasi Uyg’un ijodining

asosini tashkil etadi. Shakldagi xalqchil ruh, mazmun ifodasidagi soddalik,

bayoniy uslub, qofiyalardagi oddiylik-barchasi ana shu bosh maqsadga

bo`ysundiriladi.

Ikkinchi jahon  urushi yillarida Uyg’un lirikasi yangi xususiyatlar

bilan boyidi. Uning “Jangchi do`stimga”, “Vatan haqida qo`shiq”, “Surat”,

“Uchrashuv”, “Keladi”, “Sog’inib”, “Ulug’ ayyom yaqin” singari

she`rlarida xalqchil ruh  yanada kuchaydi.

Muhabbat  lirikasi ham bu davrga kelib o`zining bir qancha yangi

xislatlarini namoyon etdi. Muhabbatga sadoqat g’oyalari vatanparvarlik,

qahramonlik, g’alaba g’oyalari bilan chirmashib ketadi.

Uyg’un  o`zbek dramaturgiyasini  ko`pgina asarlar bilan boyitdi. U

o`zbek adabiyotidagi eng sermahsul dramaturglardandir. U

dramaturgiyaning deyarli barcha turlari, janrlari, shakllarida qalamini

sinab ko`rdi va salkam yigirma beshga yaqin dramatik asar yozdi.

“Navbahor” (1949), “Hurriyat” (1959), “Parvoz” (1963), “Qotil” (1962),

“Parvona” (1966) kabi zamonaviy mavzudagi dramalari qatorida tarixiy

mavzudagi  “Abu Rayhon Beruniy”, “Abu Ali ibn Sino”, “Zebunniso”,

Izzat Sulton bilan hamkorlikda yaratgan  “Alisher Navoiy” dramalari ham

ijodkorga katta muvaffaqiyat olib keldi.




32

Uyg’un uzoq umr ko`rdi va sermahsul ijodkor sifatida tanildi.

“O`zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoniga  musharraf bo`ldi. Jumhuriyat

yozuvchilar uyushmasini boshqardi. O`zbekiston Fanlar akademiyasining

muxbir a`zoligiga saylandi.

Shoir o`zbek  adabiyotini  ko`pgina tarjima asarlar bilan ham boyitdi.

U.V.Shekspirning “Yuliy Sezar” tragediyasini, “Veronikalik ikki yigit”

komediyasini, A.P.Chexovning “Chayka” dramasini o`zbek tiliga tarjima

qildi.

XX asr o`zbek adabiyoti tarixini o`rganuvchilar uning vakillaridan



biri sifatida lirik shoir va dramaturg Uyg’un ijodini ham unutmaydilar.


Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin