Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
ozbek adabiyoti tarixi

Savol va topshiriqlar:

1. Hamid Olimjonning  hayoti to`g’risida  nimalarni bilasiz?

2. Shoir she`riyatida lirik qahramon masalasi.

3. Hamid Olimjon  lirikasining  badiiy xususiyatlari haqida

gapiring.

4. Shoir ijodida  xalq og’zaki ijodi an`analarining  qaytarizda

davom etishini  tushuntiring.

Mavzu:  Abdulla  Qahhor

Reja:

1. Abdulla Qahhor ijodiy merosining XX asr o`zbek adabiyoti

     rivojidagi o`rni.

2. Adibning  hayot va ijod  yo`li.

3. Qahhor hikoyachilik maktabi.

4. Adib  komediyalari va qissalari.

5. “Sarob” ning mashaqqatli  qismati va badiiyati.

Matn  adabiyotlar:

1. Abdulla Qahhor. Asarlar (5 jildlik).-T.: “Adabiyot va

     san`at”, 1-2-jildlar, 1987-88.

2. Abdulla Qahhor. Asarlar (6 tomlik).-T.: “Adabiyot va

     san`at”, 5-tom, 1968.

3.  Abdusamatov H. Abdulla Qahhor (hayoti va ijodi haqida).

    -T.: Birlashgan  nashriyot, 1957.

4. Alimuhamedov A. Abdulla Qahhor hikoyalarida psixologik

    tasvir. // “Sharq yulduzi”, 1957, 2-3-sonlar.

5. Barolina V.I. Abdulla Kaxxor.-T.: Uzgoslitizdat, 1957.

6. Yoqubov H. Abdulla Qahhor novellalari. // “Sharq yulduzi”,

1946, 1-3-sonlar.

7. Sultonov M. Abdulla Qahhor uslubi.-T.: “Fan”, 1967.

8. Qodirov P. Abdulla Qahhor. // O`zbek adabiyoti tarixi (3

jildlik).-T.: “Fan”, 3-jild, 1972.



22

9. Abdulla Qahhor. Hayot hodisasidan badiiy to`qimaga. // Abdulla

Qahhor. Asarlar (6 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 6-tom,

1971.


10. Qo`shjonov M. Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor.

                  -T.: “Fan”, 1973.

11. Qo`shjonov M. Abdulla Qahhor mahorati haqida.

       -T.: “Fan”, 1998.

12. Sharafiddinov O. Abdulla Qahhor.-T.: “Yosh gvardiya”, 1988.

Abdulla Qahhor yangi milliy adabiyotimizning ikkinchi avlodi

sanalmish Oybek, G`.G`ulom, H.Olimjon, Mirtemirlar safida turib ijod

etdi. Safdoshlari kabi A.Qahhorning qizg`in  ijodiy  faoliyati XX asrning

eng fojiali paytida, mudhish  30-50-yillar sharoitida,  mustabid

yakkahokim mafkura, sovet adabiy siyosati  ta`siri va tazyiqi ostida

kechdi. Bu hol yozuvchining ijodiy taqdirida talay, noxush asoratlar

qoldirdi. Ayni paytda Alloh bergan benazir iste`dod, noyob shaxsiy

fazilatlar-o`ziga xos o`tkir nigoh, fuqoralik tuyg`usi, qat`iyat, iroda-

bardosh, haqgo`ylik, halollik va shijoat  tufayli zamonasi talotumlaridan

yuqori ko`tarila oldi. Adibning dilbar hikoyalari unga katta shuhrat

keltirdi. “Sichalak”, “O`tmishdan ertaklar” qissalari, “Sarob”,

“Qo`shchinor chiroqlari” romanlari, “Shohi so`zana”, “Tobutdan tovush”

komediyalari, o`nlab o`tkir publisistik chiqishlari, adabiy-tanqidiy

maqolalari, zargarona tarjimalari asr  adabiyoti, ma`naviy-madaniy hayoti

tarixida yorqin  va o`chmas  iz qoldirdi.

Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabrida  hozirgi Xo`jand

viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan birida  tug`ilgan. (Abdulla

Qahhorning o`zi maqolalarida tug`ilgan joyini Qo`qon deb ko`rsatadi.

Lekin uning rafiqasi Kibriyoxonimning guvohligicha, Farg`ona bo`ylab

qilingan safar vaqtida Ashtdagi  bir joyga borganlarida adib “Mening

tug`ilgan joyim shu yer”, deb ko`rsatgan edi). Uning  otasi Abduqahhor

temirchi usta bo`lgan. Abdulla o`n yoshga kirganda Buvaydodagi eski

maktabga  o`qishga kiradi, 1917-yili Abdulla Qahhor oilasi Qo`qonga

ko`chib o`tadi. Bu yerda u “Istiqbol” maktabiga  o`qishga kiradi.

1922-1924-yillari  Abdulla adabiyotga  qiziqa boshlaydi. Bu

yillarda Qo`qon pedtexnikumida o`qidi, texnikumning “Bilim yurti”

devoriy gazetasida she`r  va maqolalari bilan  tez-tez qatnashib turdi.

“Gulyor”, “Yalangoyoq”, “Norin shilpiq”, “Mavlon kufur”, “Nish” kabi

taxalluslar bilan respublikaning  ko`zga ko`ringan gazeta va  jurnallarida

feleton, hajviy  she`r, hikoyalar e`lon qila boshladi.



23

Abdulla Qahhor 1926-yili O`rta Osiyo Davlat Universitetining

ishchilar fakultetiga o`qishga kiradi. 20-yillarning  ikkinchi yarmida

Abdulla Qahhor feletonning o`zi bilan  ish bitmasligini, rang-barang hayot

materiallarini bitta janrga sig`dirib bo`lmasligini anglab, hikoyada ham

kuchini sinab ko`ra boshlaydi. Uning birinchi kitobi 1932-yili bosilib

chiqqan “Qishloq hukm ostida” degan kichik qissasidir. Shundan so`ng

uning “Olam yasharadi” va “Tangrining kulgisi” degan hikoyalar kitoblari

chop etildi.

30-yillar avvalida

Abdulla Qahhor

O`rta Osiyo Davlat Universiteti

pedagogika  fakultetida o`qiydi, so`ng Til va adabiyot institutining

aspiranturasiga kiradi. Xuddi shu yillarda uning tarjimonlik faoliyati avj

oladi. Qisqa muddatda M.Gorkiyning “Mening universitetlarim”,

F.Gladkovning “Olovli ot”, M.Shaginyanning “Gidrosentral”,

A.Serafimovichning “Temir oqim” kabi yirik asarlarini tarjima qiladi.

Keyinchalik esa Gogol va Chexov asarlarining tarjimasi maydonga keladi.

Ular Abdulla Qahhorga xos tarjima  san`atining namunalari bo`lib qoldi.

30-yillarning o`rtalariga kelib Abdulla Qahhorning hikoyanavislik

san`ati barq urib gulladi. U shunday hikoyalar yaratdiki, ular  bugun ham

o`zining badiiy quvvatini yo`qotgani yo`q. Abdulla Qahhor hikoyalarini

mazmuni va janr xususiyatlariga ko`ra ikki guruhga ajratib tahlil etish

mumkin. Bularning bir guruhini o`tmish haqidagi hikoyalar tashkil qilsa,

ikkinchi guruh hikoyalarning bosh qahramonlari zamondoshlarimizdir.

Yaqin o`tmishdagi o`zbek voqeligi “Anor”, “O`g`ri”, “Bemor”,

“Tomoshabog`”, “Millatchilar” kabi hikoyalarda aks etgan. Keyinchalik

o`tmish mavzuida yana “Dahshat” hikoyasini yaratdi. Shuningdek,

“O`tmishdan ertaklar” qissa deb  atalgan bo`lsa-da, mohiyat e`tibor bilan

ayrim-ayrim hikoyalardan tashkil  topgan. Shuning uchun ularni ham

adibning o`tmish haqidagi asarlari qatorida tahlil qilish mumkin.

Abdulla Qahhorning ikkinchi guruh hikoyalari mazmuni va

materialiga ko`ra  zamonaviy hikoyalardir. Ularni ham, o`z navbatida ikki

toifaga ajratish  mumkin. Bularning bir toifasi hajviy, ikkinchi guruh

hikoyalari mazmuni va materialiga ko`ra zamonaviy hikoyalardir. Ularni

ham o`z navbatida, ikkinchi toifaga ajratish mumkin. Bularning bir toifasi

hajviy, ikkinchi toifa hikoyalar esa, izchil reolistik uslubda  yozilgan

asarlar. “Mayiz  yemagan xotin”, “Jonfig`on”, “Munofiq”, “Adabiyot

muallimi”, “San`atkor”, “O`jar”, “Qizlar” kabi hikoyalari hajviy

yo`nalishga mansub bo`lsa, “Ko`k konvert”, “Qizil konvert”, “Kampirlar

sim qoqdi”, “Xotinlar”, “Asror bobo”, “Beshik”, “Mahalla”, “Nurli

cho`qqilar” kabi hikoyalari esa realistik yo`nalishga mansub.




24

Abdulla  Qahhor yaratgan hikoyalar son jihatdan uncha ko`p

bo`lmasa-da, badiiy  saviyasi jihatidan shu qadar salmoqliki, bu sohada

adib orttirgan ijodiy-estetik tajriba shunchalik kattaki, hech ikkilanmay

hikoyanavislikda Abdulla  Qahhor maktabi mavjud ekani haqida gapirish

mumkin. Bu maktab bugun ham faol amal qilmoqda. Abdulla  Qahhor

hikoyalari vaqt sinovidan o`tib, bugun ham yashashda davom etmoqda.

Urushdan keyingi dastlabki  yillarda Abdulla  Qahhor

“Qo`shchinor” romanini e`lon qildi. Ammo ko`p o`tmay bu roman keskin

tanqidga uchradi. O`sha  yillarning mafkuraviy hayotiga  ko`ra, yozuvchi

tanqidchilikning eng adolatsiz va nohaq ta`nalarini ham tan olishga va ular

asosida asarni qayta  ishlashga majbur edi. Shu tariqa, yozuvchi necha

yillik umrini sarflab, asarni qayta ishladi va  1951-yili “Qo`shchinor

chiroqlari” nomi bilan e`lon qildi. Roman haqidagi savolga  adibning o`zi

shunday javob bergan: “Uni roman degani ham til bormaydi, chunki

romanning uchdan ikki qismida bosh qahramon ishtirok etmaydi”, -degan

edi. Biroq, o`sha yillardagi tanqid “Qo`shchinor chiroqlari” romaniga

yuqori baho berdi.

Yozuvchining yana bir romani “Sarob” kitob bo`lib chiqqandan

bo`yon to hozirga qadar uning tevaragida qizg`in bahs-munozaralar davom

etib keladi. U haqda ko`pgina nohaq ta`nalar ham  aytilgan. Adib tarjimayi

holida shunday yozadi: “Sarob” ni to`rt yilda yozib tugatdim. Uni kitobxon

qabul qildi, lekin ba`zan arzon shuhratparastlik, ba`zan  siyosiy

demagoglik, ba`zan esa to`g`ridan-to`g`ri jaholat  natijasi bo`lgan  tanqid

nayza ko`tarib qarshi oldi. Bu narsa hatto farosatli odamlarni ham

chalg`itdi. Tanqid shu paytga  qadar “Sarob” dan nuqul siyosat izladi.

Romandagi  odamlarning dardi-dunyosini, oh-u, zorini eshitadigan bir

azamat topilmadi”.

Bu roman birinchi galda xazon bo`lgan  muhabbat, uvol bo`lgan

umr dostonidir. Ikki ko`rkam yoshning bir-biriga  munosib, aslida baxt

uchun  tug`ilgan, ammo shaxsiyatidagi, tabiatidagi ojizliklar, qolaversa,

jamiyatdagi ziddiyatlar tufayli hayotda o`z o`rnini baxtini topolmagan

navqiron avlodning achchiq fojiiy qismati, ruhiy iztiroblari, oh-zorlari

to`g`risidagi asardir.

Qirqinchi yillarning oxirlarida  Abdulla  Qahhor dramaturgiya

sohasida  ham kuchini sinab ko`rdi. 1949-yili u “Yangi yer yoxud Shohi

so`zana” degan birinchi kamediyasini yaratdi.

1954-yili yaratilgan  “Og`riq tishlar” komediyasi shu yilning o`zida

Hamza nomidagi teatr sahnasida  qo`yildi. Abdulla  Qahhorning

navbatdagi hajviy komediyasi “Tobutdan tovush” deb ataladi. Asar 1962-




25

yilning boshida yozib  tugallangan. Unda poraxo`rlikning haqiqiy

qiyofasini, razil mohiyatini  fosh etishga bag`ishlangan Abdulla  Qahhor

poraxo`rlik bor joyda ma`naviy chirish mavjudligini, vijdoniylik va poklik

singari eng zaruriy insoniy sifatlar oyoqosti qilinishini ko`rsatadi.

“Ayajonlarim” esa lirik komediya janrida yozilgan bo`lib, unda

yoshlarning  muhabbati, yoshlar va kattalar, farzandlar va ota-onalar

o`rtasidagi munosabatlar haqida hikoya qilinadi. Bulardan tashqari

adibning qissa janrida  yaratilgan “Sinchalak” va “O`tmishdan ertaklar”

kabi qissalari ham XX asr jahon yangi  adabiyotining noyob badiiy

durdonalari qatoridan o`rin olishga haqlidir.


Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin