Savol va topshiriqlar:
1. Maqsud Shayxzoda hayoti haqida nimalarni bilasiz?
2. Shoir she`rlarining o`ziga xos xususiyatlari deganda nimalarni
tushunasiz?
3. Shayxzodaning dramaturgiya sohasidagi mahorati nimalardan
iborat?
4. Maqsud Shayxzodaning ilmiy va tanqidiy maqolalari bilan
tanishing va konspektlashtiring.
Mavzu: Uyg’un
Reja:
1. Uyg’un hayoti va ijodi.
2. Uyg’un lirikasi mavzusi va g’oyasi.
3. Urush va urushdan keyingi yillarda Uyg’un ijodi.
4. Uyg’un-dramaturg.
Matn adabiyotlar:
1. Uyg’un. Asarlar (6 jildlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 3-4-5-
jildlar, 1976-77-78.
2. Uyg’un. Davrim tarovati. She`rlar va hikoyalar.-T.: 1980.
30
3. Uyg’un. Asarlar (4 jildlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 1-jild, 1977.
4. Abrorov A. Uyg’un. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 jildlik).-T.: 2-
jild, 1971.
5. Ahmadjonova K. Uyg’un-lirik shoir.-T.: “Adabiyot va san`at”,
1979.
6. Qorayev T. Uyg’un she`riyatida tabiat lirikasi.// T.Qorayev.
Uyg’un mahorati. -T.: “Fan”, 1984.
7. Uyg’un. Asarlar (6 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 3-4-5-
jildlar, 1976-78.
8. Azizova R. Uyg’un dramaturgiyasining ba`zi xususiyatlari //
“Sharq yulduzi”, 1971, 5-son.
9. Azizova R. Uygun i teatr.-T.: izdatelstvo literatura i iskusstvo
imeni G.Gulyama, 1975.
10. Sultonova Ch. Uyg’unning dramatik mahorati.-T.: “Fan”,1984
11. Qorayev T. Uyg’un mahorati.-T.: “Fan”, 1984.
XX asr o`zbek adabiyoti taraqqiyotida Uyg’unning o`ziga xos o`rni
bor. U adabiyotga 20-yillarning o`rtalarida kirib keldi. Bu davr ijodkorlari
asosiy maqsad, g’oya, obrazlar tizimi badiiy tasvir vositalarini, asosan erk
va istiqlolni kuylashga bo`ysundirganlar. Lekin Uyg’un ijodida yangi
tuzum g’oyalari ustunlik qildi. “Nazir otaning g’azabi”, “Brigadir Karim”
singari she`rlari, 1931-yilda yozilgan “Jontemir” dostoni ana shu ruhdagi
asarlar sirasiga kiradi.
Uyg’un lirikasidagi peyzaj tasviri misolida o`zining tarixiy yo`lidagi
nafisliklarini namoyish qiladi. Bu nafosatda o`lka va tabiat go`zalligi bilan
birga ularga hamohang va hamroz inson qalbi tamannolari ham aks etadi.
Bu fazilat shoirning 20-yillardagi dastlabki she`rlaridayoq ko`rinib, 80-
yillarda bitilgan she`rlariga ham xos bo`ldi.
Uyg’unning ijodida kuz haqida bitilgan bir-biridan dilbar misralar
ko`p. Ularni o`qib, xuddi tabiat og’ushida turgandek bo`lamiz:
Oltin kuz suvlari shu qadar tiniq,
Oyna bo`la olur qizlar qarasa.
Olamni ko`mgudek gullarning isi,
Chaman kokolini shamol tarasa.
(“Oltin kuz”)
Bahor haqidagi she`rlar Uyg’un ijodiyotida sanoq, salmoq va
mohiyati jihatidan alohida o`rin tutadi. Olti jildlik “Asarlar” ning
she`rlaridan tashkil topgan ikki jildli mundarijasida sarlavhasiga “bahor”
so`zi olib chiqilgan she`rlarning o`ziyoq salkam o`ttizta. Bahor, gul,
31
binafsha, moy chechaklari madh etilgan she`rlarning umumiy soni bundan
uch hissa ko`proq. Takror va qaytariqlari mo`l bu yo`nalishdagi asarlar
ichida tabiatning go`zal va betakror qiyofasi tasvirlangan, tabiat timsolida
teran falsafiy mushohadalar ifodasini topgan asarlar ham oz emas.
Uyg’un nechog’li tabiat kuychisi bo`lmasin, uning go`zalligidan
nechog’li yonib-kuyib falsafiy ma`nolar o`qimasin, she`riyati asosini
inson, inson umrining ma`nosi va shu ma`no olamidagi hali anglab
yetilmagan ma`nilarni izlash tashkil etadi. Shu jihatdan uning “nima ish
qilgansan?” she`ri muhim:
Oltmishga kirganda olti paqirlik
Ish qilmasdan o`tgan shovvozlar ham bor.
Kimga kerak bunday besamar umr?
Undan afzal ming bor yerga yoqqan qor.
Umri o`tganlar bor qisir bulutday,
Yerga tashlamagan bir tomchi ham nam.
Agar inson bo`lsang naf yetkaz xalqqa,
Faqat yashashgina inson uchun kam.
Xuddi mana shu-xalqqa naf yetkazish g’oyasi Uyg’un ijodining
asosini tashkil etadi. Shakldagi xalqchil ruh, mazmun ifodasidagi soddalik,
bayoniy uslub, qofiyalardagi oddiylik-barchasi ana shu bosh maqsadga
bo`ysundiriladi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Uyg’un lirikasi yangi xususiyatlar
bilan boyidi. Uning “Jangchi do`stimga”, “Vatan haqida qo`shiq”, “Surat”,
“Uchrashuv”, “Keladi”, “Sog’inib”, “Ulug’ ayyom yaqin” singari
she`rlarida xalqchil ruh yanada kuchaydi.
Muhabbat lirikasi ham bu davrga kelib o`zining bir qancha yangi
xislatlarini namoyon etdi. Muhabbatga sadoqat g’oyalari vatanparvarlik,
qahramonlik, g’alaba g’oyalari bilan chirmashib ketadi.
Uyg’un o`zbek dramaturgiyasini ko`pgina asarlar bilan boyitdi. U
o`zbek adabiyotidagi eng sermahsul dramaturglardandir. U
dramaturgiyaning deyarli barcha turlari, janrlari, shakllarida qalamini
sinab ko`rdi va salkam yigirma beshga yaqin dramatik asar yozdi.
“Navbahor” (1949), “Hurriyat” (1959), “Parvoz” (1963), “Qotil” (1962),
“Parvona” (1966) kabi zamonaviy mavzudagi dramalari qatorida tarixiy
mavzudagi “Abu Rayhon Beruniy”, “Abu Ali ibn Sino”, “Zebunniso”,
Izzat Sulton bilan hamkorlikda yaratgan “Alisher Navoiy” dramalari ham
ijodkorga katta muvaffaqiyat olib keldi.
32
Uyg’un uzoq umr ko`rdi va sermahsul ijodkor sifatida tanildi.
“O`zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoniga musharraf bo`ldi. Jumhuriyat
yozuvchilar uyushmasini boshqardi. O`zbekiston Fanlar akademiyasining
muxbir a`zoligiga saylandi.
Shoir o`zbek adabiyotini ko`pgina tarjima asarlar bilan ham boyitdi.
U.V.Shekspirning “Yuliy Sezar” tragediyasini, “Veronikalik ikki yigit”
komediyasini, A.P.Chexovning “Chayka” dramasini o`zbek tiliga tarjima
qildi.
XX asr o`zbek adabiyoti tarixini o`rganuvchilar uning vakillaridan
biri sifatida lirik shoir va dramaturg Uyg’un ijodini ham unutmaydilar.
Dostları ilə paylaş: |