67. Elektr maydonda o‘tkazgichlar. O‘tkazgich ichidagi elektr maydoni
1. Elektrostatik maydonga joylashtirilgan o‘tkazgichning sirtiga
yaqin joylarda kuch chiziqlari qanday joylashgan bo‘ladi?
A)sirtga parallel B)sirtga perpendikulyar
C)sirtga istalgan burchak ostida D)sirtga 45º burchak ostida
2. Yaxlit metalldan yasalgan silindrga elektr zaryadi berildi. Bu
zaryad qayerda joylashadi va qanday taqsimlanishini aniqlang.
A)silindr o‘qi bo‘ylab, tekis B)hajm bo‘ylab, tekis
C)hajm bo‘ylab, notekis D)sirt bo‘ylab, notekis
3. Dielektrik elektrostatik maydonga kiritilsa, qanday hodisa ro‘y
beradi?
A)dielektrik qutblanadi va tashqi maydonni kuchaytiradi
B)dielektrik qutblanadi va uning ichidagi maydon kuchlanganligi
nolga teng bo‘ladi
C)dielektrik qutblanadi va tashqi maydonni susaytiradi
D)dielektrik qutblanadi va uning ichidagi maydon kuchlanganligi
tashqi maydon kuchlanganligiga teng bo‘ladi
4. O‘tkazgichdan yasalgan zaryadlanmagan shar bir jinsli elektr
maydonga kiritilsa, o‘zini qanday tutadi?
A)harakatlanmaydi
B)maydon kuch chiziqlariga tik yo‘nalishda harakatlanadi
C)maydon kuch chiziqlari yo‘nalishida harakatlanadi
D)maydonga qamma – qarshi yo‘nalishda harakatlanadi
E)maydon yo‘nalishiga nisbatan 45º burchak ostida harakatlanadi
5. Yaxlit metalldan yasalgan kubga elektr zaryad berildi. Bu zaryad
kubning qayerida joylashadi va qanday taqsimlangan bo‘ladi?
A)sirti bo‘ylab, notekis B)hajmi bo‘ylab, tekis
C)hajmi bo‘ylab, notekis D)sirti bo‘ylab, tekis