65. Elektr maydonida nuqtaviy zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish
1. Potensial birligi V nimaga teng?
A)N/C B)J/C C)C/m D)C·m
2. Musbat zaryad elektr maydon kuchlari ta’sirida potensiali yuqori
nuqtadan potensiali kam nuqtaga ko‘chirilsa, uning kinetik va
potensial energiyalari qanday o‘zgaradi?
A)ortadi
B)kamayadi
C)kinetik energiya kamayadi, potensial energiya ortadi
D)kinetik energiya ortadi, potensial energiya kamayadi
3. Elektr maydonning biror nuqtadagi potensiali deb … zaryadga
mos kelgan potensial energiyaga teng bo‘lgan fizik kattalikka
aytiladi.
A)maydonning shu nuqtasiga kiritilgan bir birlik musbat
B)maydonning shu nuqtasiga kiritilgan musbat
C)maydonning shu nuqtasiga kiritilgan bir birlik manfiy
D)maydonga kiritilgan bir birlik ixtiyoriy
4. Quyidagilar orasidan elektr maydon potensiauning to‘g‘ri va to‘la
ta’rifini aniqlang.
A)potensial – birlik musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuchni
harakterlaydi
B)potensial – shu nuqtadagi birlik musbat zaryadning potensial
energiyasiga son jihatidan teng kattalik
C)potensial – zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ishga teng kattalik
D)potensial – kuchlanishni ifodalaydi
5. Zaryad va potensial ko‘paytmasi qaysi fizik kattalikka to‘g‘ri
keladi?
A)kuch B)energiya C)quvvat D)kuchlanganlik
6. Turli ishorali ikkita zaryad fazoning bir nuqtasida +100 va –200
V potensiallar hosil qiladilar. Shu nuqtadagi umumiy potensial
nimaga teng (V)?
A)100 B)300 C)–50 D)–100
7. Elektrostatik maydonning ikki nuqtasi potensiallari farqi qanday
aniqlanadi?
A)birlik musbat zaryad maydonning shu nuqtalarida ega bo‘ladigan
potensial energiyalar farqi bilan
B)ixtiyoriy musbat zaryad maydonning shu nuqtalarida ega
bo‘ladigan potensial energiyalar farqi bilan
C)ixtiyoriy zaryadni maydonning shu nuqtalari orasida ko‘chirishda
bajariladigan ish bilan
D)birlik musbat zaryadga maydonning shu nuqtalarida ta’sir
qiladigan kuch bilan
8. Ikkita nuqtaviy zaryad orasidagi masofani 9 marta kamaytirsak,
ularning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi qanday o‘zgaradi?
A)9 marta ortadi B)9 marta kamayadi
C)3 marta ortadi D)3 marta kamayadi
9. Aylanish o‘qi elektrometr ko‘rsatkichining og‘irlik markazidan
o‘tgan bo‘lsa, elektrometr potensiallar farqini qanday ko‘rsatadi?
A)2 marta kichiklashtirib B)2 marta kattalashtirib
C)shkaladagi eng katta qiymatni D)ko‘rsatmaydi
10. Zaryad ekvipotensial sirt bo‘ylab ko‘chirilsa, uning potensial
energiyasi qanday o‘zgaradi?
A)kamayadi B)ortadi C)o‘zgarmaydi D)zaryadga bog‘liq
11. Ma’lum masofada joylashgan ikkita bir xil nuqtaviy zaryad
o‘rtasidan o‘tgan ekvipotensial sirtning shakli qanday bo‘ladi?
A)yassi tekislik B)silindr C)sfera D)konus
12. Elektrostatik maydonning potensiali 10 V bo‘lgan nuqtasida
joylashgan nuqtaviy 10
–5
C zaryadning potensial energiyasini
toping (mJ).
A)1 B)0 C)0,1 D)0,01
13. Bir jinsli elektr maydonda elektron tezligi 2·10
7
dan 5·10
7
m/s
gacha oshdi. Boshlang‘ich va oxirgi nuqtalar orasidagi potensiallar
ayirmasini aniqlang (kV). Elektron zaryadining massasiga nisbati
1,76·10
11
C/kg.
A)6,8 B)4 C)6 D)1,76
14. 10
–5
C nuqtaviy zaryad elektrostatik maydonning potensiali 10
V bo‘lgan nuqtasida turibdi. Shu nuqtadagi zaryadning potensial
energiyasini aniqlang (J).
A)10
–5
B)10
–4
C)10
–3
D)10
–2
15. Elektron vakuumda 10 V potensiallar farqini o‘tsa, uning
energiyasi qanchaga o‘zgaradi (eV)?
A)16 B)1,6 C)0,4 D)10
16. Elektrostatik maydonning biror nuqtasidagi 5·10
–6
C zaryad
5·10
–5
J potensial energiyaga ega. Shu nuqtadagi elektr maydon
potensialini toping (V).
A)1 B)10 C)100 D)1000
17. Elektron potensiali 100 V bo‘lgan nuqtadan 200 V bo‘lgan
nuqtaga ko‘chirilganda uning tezligi qanday o‘zgaradi?
A)ortadi B)kamayadi
C)o‘zgarmaydi D)boshlang‘ich tezlik yo‘nalishiga bog‘liq
18. Elektr maydonda ikki nuqta orasida elektronni ko‘chirish
natijasida uning kinetik energiyasi 9,6·10
–19
J ga o‘zgardi. Shu
nuqtalar orasidagi potensiallar farqini toping (V).
A)5 B)6 C)8 D)16
19. Musbat 1 C zaryad potensiali –20 V nuqtadan potensiali +40 V
nuqtaga ko‘chirilganda uning potensial energiyasining o‘zgarishi
(W
2
–W
1
) qancha bo‘ladi (J)?
A)20 B)0 C)60 D)–20
20. Musbat 1,8·10
–8
C zaryadli metall sharga xuddi shunday ikkita
shar tekkizildi. Ulardan biri –3·10
–9
C zaryadga ega, ikkinchisi
zaryadlanmagan. Sharlarga qanchadan zaryad taqsimlanadi (C)?
A)5·10
–9
B)6·10
–9
C)7·10
–9
D)10·10
–9
21. Vakuumda –10 va 20 nC nuqtaviy zaryadlar o‘zaro
ta’sirlashmoqda. Ularni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziqda ikkinchi
zaryaddan qanday masofalarda maydon potensiali nolga teng
bo‘ladi (cm)? Zaryadlar orasidagi masofa 42 cm ga teng.
A)28; 84 B)15; 42 C)20; 54 D)30; 42