2. To‘rtta bir xil g‘altak o‘zgarmas tok zanjiriga ketma – ket
ulangan. Birinchi g‘altak o‘zaksiz, ikkinchi g‘altakning o‘zagi
temirdan, uchinchisiniki alyuminiydan, to‘rtinchisiniki misdan
yasalgan bo‘lsa, qaysi g‘altakning magnit oqimi eng katta?
(alyuminiy – paramagnit, mis – diamagnit)
A)4 B)2 C)3 D)1
3. Kyuri haroratida qanday jarayon sodir bo‘ladi?
A)gaz (bug‘) va suyuqlik zichliklari orasidagi farq yo‘qoladi
B)moddaning qattiq, suyuq va bug‘ holatlari muvozanatda bo‘ladi
C)moddaning ferromagnit xossalari yo‘qoladi
D)gazning ionlanish jarayoni boshlanadi
4. Nikelning ma’lum kesimidan o‘tuvchi magnit oqimi magnit
kirituvchanligi 672 bo‘lgan po‘latning huddi shunday kesimidan
o‘tuvchi magnit oqimidan 2 marta kam bo‘lishi ma’lum bo‘lsa,
nikelning magnit kirituvchanligini toping.
A)280 B)336 C)672 D)1344