7. Sirt ravshanligining birligi nima?
A)lk B)nt C)lm D)cd
8. Yorug‘lik manbai bir tekis yorug‘lanuvchi sferik sirtdan iborat.
Agar manbaga yaqinlashilsa, manbaning ravshanligi qanday
o‘zgaradi?
A)kamayadi B)o‘zgarmaydi
C)ortadi D)ortadi so‘ng kamayadi
9. Yorug‘lik kuchi 100 cd bo‘lgan lampa xona shipiga osilgan.
Hamma devorlarga va polga tushuvchi umumiy yorug‘lik oqimini
aniqlang (lm).
A)1565 B)1256 C)1965 D)2325
10. Nuqtaviy yorug‘lik manbai 85 cm radiusli sferaning markazida
turib, sfera sirtidan 1,5 m
2
yuza ajratib, 360 lm yorug‘lik oqimi
tarqatadi. Bu manba tarqatadigan to‘la yorug‘lik oqimi qanday
bo‘ladi (lm)?
A)3420 B)2740 C)1420 D)2177
11. Nuqtaviy yorug‘lik manbai 85 cm radiusli sferaning markazida
turib, sfera sirtidan 1,5 m
2
yuza ajratib, 360 lm yorug‘lik oqimi
tarqatadi. Manbaning yorug‘lik kuchini aniqlang (cd).
A)35 B)97 C)349 D)173
12. Gorizontal stol sirtidan 1,5 m balandlikda 150 cd li lampa
osilgan. Lampa ostidagi stol sirtining yoritilganligini aniqlang (lk).
A)82 B)10 C)100 D)67
13. Yaltiroq qurtning yorug‘lik kuchi 0,01 cd ga yetadi. Tunda
to‘lin oyda yoritilganlik 0,25 lk bo‘ladi. Yaltiroq qurtdan qanday
masofada yoritilganlik shunday bo‘ladi (cm)?
A)20 B)5 C)2 D)40
14. Yorug‘lik kuchi 400 cd bo‘lgan lampa yerdan 4 m balandga osib
qo‘yilgan. Lampa ostidagi gorizontal maydonchaning
yoritilganligini toping (lk).
A)50 B)25 C)30 D)100
15. Gorizontal stol sirtidan 1,5 m balandlikda 150 cd li lampa
osilgan. Agar lampa yana 0,25 m ko‘tarilsa, o‘sha stol sirtining
yoritilganligi qanday bo‘ladi (lk)?
A)49 B)27 C)14 D)54
16. Nuqtaviy yorug‘lik manbaidan 12 va 24 cm uzoqlikda ikkita sirt
joylashgan bo‘lib, ularga yorug‘lik nuri tik yo‘nalishda tushmoqda.