1. Tushuvchi va qaytuvchi yorug‘lik nurlari orasidagi burchak 2α
bo‘lsa, qaytish burchagini toping.
A)2α B)α C)90º–α D)90º–α/2
2. Qaytgan va tushgan nurlar orasidagi burchak 70º bo‘lishi uchun
yassi ko‘zguga nur qanday burchak ostida tushishi kerak?
A)35º B)40º C)70º D)140º
3. Qaytuvchi nur bilan yassi ko‘zgu orasidagi burchak 32º bo‘lsa,
tushish burchagi qanchaga teng?
A)32º B)58º C)38º D)22º
4. Yassi ko‘zgu bilan tushayotgan nur orasidagi burchak 55º,
yorug‘likning qaytish burchagini aniqlang?
A)35º B)70º C)55º D)45º
5. Quyoshning gorizontdan balandligi 46º ni tashkil etadi. Yassi
ko‘zgudan qaytgan quyosh nurlari yuqoriga vertikal ravishda
yo‘nalishi uchun uning ko‘zguga tushish burchagi qanday bo‘lishi
kerak?
A)60º B)26º C)28º D)22º
6. Bir – biriga nisbatan perpendikulyar joylashgan ikkita yassi
ko‘zguda yorug‘lik qanday burchak ostida tushsa, dastlabki
yo‘nalishiga parallel holda qaytadi?
A)90º B)30º C)45º D)ixtiyoriy burchak ostida
7. 30º burchak ostida joylashtirilgan ikkita ko‘zguning biriga
yorug‘lik nuri tushmoqda. Bunda ikkala ko‘zgudan qaytgan nur
bilan tushgan nur orasidagi burchak qancha bo‘ladi?
A)15º B)30º C)45º D)60º
8. Yassi ko‘zguga nur α burchak ostida tushmoqda. Agar ko‘zguni β
burchakka bursak, qaytgan nur qanday burchakka buriladi?
A)β/2 B)β C)2β D)α+β
9. Yassi ko‘zguga nur 22º burchak ostida tushmoqda. Agar tushgan
nurning holati o‘zgartirilmasdan ko‘zgu burilganda, uning tushish
burchagi 36º bo‘lib qolsa, qaytgan nur qanday burchakka buriladi?
A)18º B)36º C)28º D)11º