3. 1 mm da 100 ta shtrixi bor. Difraksion panjaraning doimiysini
aniqlang (μm)?
A)1 B)10 C)2 D)0,1
4. Difraksion panjaraning 1 mm masofasida 625 ta shtrix bo‘lsa va
birinchi tartibli maksimum 30º burchak ostida kuzatilayotgan
bo‘lsa, yorug‘likning to‘lqin uzunligini toping (μm).
A)0,8 B)0,4 C)0,7 D)0,6
5. Davri 0,02 mm bo‘lgan difraksion panjara yordamida hosil
qilingan 2 – tartibli spektrdagi zangori (λ=0,5 μm) rangli nurlarning
og‘ish burchagini aniqlang?
A)0,72º B)l,44º C)2,87º D)5,73º
6. Difraksiyalovchi panjaraning 1 mm masofasida 500 ta shtrix
bo‘lsa, ikkinchi tartibli difraksiya maksimumi 30º burchak ostida
kuzatilayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi qancha bo‘ladi (μm)?
A)0,5 B)0,6 C)0,7 D)0,8
7. Doimiysi 1,2 μm bo‘lgan difraksion panjara orqali 30º burchak
ostida ko‘rinayotgan birinchi tartibli spektral chiziqqa mos
keladigan to‘lqin uzunligini toping (nm).
A)300 B)750 C)450 D)600
8. Davri 0,001 mm bo‘lgan difraksion panjara yordamida hosil
qilingan birinchi tartibli spektrda yashil (λ=0,5 μm) nur qanday
burchak ostida ko‘rinadi?
A)0º B)60º C)45º D)30º
9. Biror difraksion panjaraning har bir millimetrida 250 ta shtrix
bor. Difraksion panjaraga to‘lqin uzunligi 500 nm bo‘lgan
monoxromatik yorug‘lik tushmoqda. To‘rtinchi difraksion
maksimum qanday burchak ostida kuzatiladi?
A)15º B)30º C)45º D)60º
10. To‘lqin uzunligi λ bo‘lgan yorug‘likni davri 5λ bo‘lgan
difraksiya panjarasida difraksiyalanishida 2 – tartibli maksimum
qanday burchak ostida kuzatiladi?
A)arcsin(3/5) B)arcsin(2/5) C)arcsin(0,15) D)arcsin(0,45)
11. 1 mm da 100 ta shtrixi bo‘lgan difraksion panjaraga yorug‘lik
tushmoqda. Ekrandagi birinchi maksimum nolinchi maksimumdan
14 cm uzoqlikda kuzatildi. Ekran bilan difraksion panjara orasidagi
masofa 2 m bo‘lsa, yorug‘likning to‘lqin uzunligini toping (μm)?
A)0,7 B)6,5 C)6,4 D)0,6
12. 1 mm ga 400 shtrix to‘g‘ri keladigan difraksion panjaraga
to‘lqin uzunligi 5·10
–5
cm bo‘lgan yassi monoxromatik yorug‘lik
to‘lqini tik tushmoqda. Spektrning eng katta tartibini aniqlang?
A)3 B)2 C)5 D)6
13. Yorug‘lik qanday sharoitda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishdan
chetlashadi?
A)bir jinsli bo‘lmagan muhitda, kuchli gravitatsion maydonda
B)o‘lchamlari, yorug‘lik to‘lqin uzunligi bilan solishtirarli
to‘siqlarga uchraganda
C)o‘lchamlari, yorug‘lik to‘lqin uzunligi bilan solishtirarli tirqish
yoki teshiklardan o‘tganda
D)yuqoridagi javoblarning hammasi to‘g‘ri
14. Ingichka yorug‘lik oqimini spektrga ajratish uchun quyidagi
qaysi asboblardan foydalanish mumkin: 1)shisha prizma;
2)difraksion panjara; 3)shisha linza
A)1 B)2 C)3 D)1; 2
15. Difraksiya panjarasiga tik tushayotgan oq yorug‘lik
difraksiyalanganida, 3 – tartibli spektrdagi 780 nm to‘lqin uzunlikli
chiziq bilan 4 – tartibli spektrdagi qanday to‘lqin uzunlikli (nm)
chiziq ustma – ust tushadi?
A)585 B)1040 C)520 D)347
16. To‘lqin uzunligi 500 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik
to‘lqini, davri 2 μm bo‘lgan difraksion panjaraga tik tushmoqda.
Ikkinchi tartibli difraksion maksimum qanday burchak ostida
ko‘rinadi?
A)20º B)30º C)45º D)60º
17. To‘lqin uzunligi 600 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik
to‘lqini, davri 3,6 μm bo‘lgan difraksion panjaraga tushmoqda. 30º
burchak ostida ko‘ringan difraksion maksimumning tartibini
aniqlang?
A)1 B)2 C)3 D)4
18. 1 mm da 100 ta shtrix bo‘lgan difraksion panjaraga to‘lqin
uzunligi 5·10
–5
cm bo‘lgan monoxramatik to‘lqin normal
tushmoqda. Spektrning kuzatishi mumkin bo‘lgan eng katta tartibini
aniqlang?
A)15 B)5 C)10 D)20
19. Ekranni panjaradan uzoqlashtirganda difraksion spektrning
manzarasi qanday o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi
B)maksimumlar orasidagi masofalar kamayadi
C)maksimumlar orasidagi masofalar ortadi
D)difraksiya kuzatilmaydi
20. Difraksion panjarada 1 mm da 120 shtrix bor. Agar birinchi
tartibli ikki spektr orasidagi burchak 8º ga teng bo‘lsa, panjaraga
tushayotgan monoxramatik yorug‘lik to‘lqinining uzunligini toping
(nm)? sin8º=0,14
A)580 B)960 C)480 D)60
21. Monoxromatik yorug‘lik davri d bo‘lgan difraksiya panjarasida
difraksiyalanganida, 1 – tartibli maksimum ekranda markaziy
maksimumdan x masofada joylashgan bo‘lsa, yorug‘likning to‘lqin
uzunligi qanday bo‘ladi? Ekran va panjara orasidagi masofa L ga
teng.
A)
L
dx
B)
L
x
L
d
2
2
+
C) 2
2
x
L
dx
+
D)
2
2
x
L
dL
+
22. Quyidagi hodisalardan qaysilari interferensiya hodisasi asosida
tushuntiriladi? 1)sovun pufagi yoki yog‘ pardasida kamalak
ranglarining kuzatilishi; 2)Nyuton halqalari; 3)shaffof bo‘lmagan
kichik diskdan ekranda hosil bo‘lgan qora soya markazida yorug‘
dog‘ hosil bo‘lishi; 4)yorug‘lik nurlarining to‘siq chegarasida soya
sohasiga og‘ishi
А)1 B)1; 2 C)1; 2; 3 D)3; 4
23. Biror difraksiya panjarasining davri 2 μm. Natriyning to‘lqin
uzunligi 589 nm bo‘lgan sariq chizig‘ining difraksiya
manzarasidagi eng katta tartibini aniqlang?
A)2 B)3 C)4 D)5
24. Doimiysi 2,2 μm bo‘lgan difraksion panjaraga to‘lqin uzunligi
0,5 μm bo‘lgan yassi monoxromatik to‘lqin normal tushmoqda.
Kuzatish mumkin bo‘lgan maksimumlar sonini toping?
A)5 B)9 C)4 D)2
25. Rangi yashil (λ=0,5 μm) nur bilan yoritilgan va doimiysi 100
μm bo‘lgan difraksiyalash panjarasi nechta difraksiyaviy
maksimum hosil qiladi?
A)250 B)400 C)401 D)300