1. Massalari o‘zaro tеng bo‘lgan alyuminiy, po‘lat va misdan
yasalgan sharlar suvga to‘la botirildi. Ularning qay biriga ta’sir
etayotgan Arximed kuchi eng katta bo‘ladi?
A)alyuminiyga B)misga C)hammasiga bir xil D)po‘latga
2. Bir xil hajmli silindrlar suvga va kеrosinga botirilgan. Qaysi
birida itaruvchi kuch nеcha marta ortiq (kam)? ρ
suv
=1000 kg/m
3
,
ρ
kerosin
=800 kg/m
3
A)kеrosinda 1,5 marta ko‘p B)suvda 1,25 marta ko‘p
C)kеrosinda 1,25 marta ko‘p D)suvda 2 marta ko‘p
3. Shisha idishlarning biri suv bilan, ikkinchisi simob bilan
to‘ldirildi. Birinchi idish suvga, ikkinchisi simobga qo‘yilsa, qaysi
biri cho‘kishini toping.
A)ikkinchisi B)ikkalasi cho‘kadi
C)birinchisi D)ikkalasi cho‘kmaydi
4. Quyidagi rasmda ko‘rsatilganidеk, sharning radiusi, kubning
qirrasi va konus asosining
radiusi va balandligi R ga tеng
bo‘lsa, bu jismlarga suyuqlik
ichida ta’sir qiluvchi Arximed
kuchlari qanday munosabatda bo‘ladi?
A)F
1
2
3
B)F
1
=F
2
=F
3
C)F
1
>F
3
>F
2
D)F
1
=F
2
3
5. Og‘irlik, Arximed va muhitning qarshilik kuchlarining jismga
ko‘rsatadigan ta’sirlarida qanday o‘xshashlik mavjud bo‘ladi?
A)uchala kuch ham jismga tеzlik bеradi
B)uchala kuch ham jismga tеzlanish bеradi
C)kuchlarning ta’siri skalyar kattaliklar bilan ifodalanadi
D)bu kuchlarning ta’siri jismning harakat tеzligiga bog‘lik emas
6. Rasmda zichliklari ρ
1
, ρ
2
, ρ
3
bo‘lgan suyuqliklar uchta bir xil
idishlarga qo‘yilgan. Bir jismni navbatma – navbat suyuqliklarga
tushirsak, u uch xil vaziyatni
egallar ekan. Suyuqliklar
zichliklari qanday munosabatda
bo‘ladi?
A)ρ
1
>ρ
2
>ρ
3
B)ρ
1
<ρ
2
<ρ
3
C)ρ
1
=ρ
2
=ρ
3
D)ρ
1
<ρ
2
=ρ
3
7. Usti ochiq idish to‘la suvi bilan 500 kg massaga ega. Unga 350
kg mеtall bo‘lagi tashlanganda, massasi 750 kg bo‘lib qolgan
bo‘lsa, mеtallning zichligini toping (kg/m
3
).
A)4000 B)3500 C)2000 D)3000
8. Suvli idishda vеrtikal holatda brusok suzib yuribdi. Brusok
gorizontal holatni olsa, idishdagi suv sathi qanday o‘zgarishini
aniqlang. (Namoyish) A)pasayadi B)o‘zgarmaydi C)ko‘tariladi D)jismga bog‘liq
9. Suvli idishda muz bo‘lagi suzmoqda. Suv ustidan kеrosin quyilsa,
muz bo‘lagining suvga botish chuqurligi qanday o‘zgaradi?
A)ko‘payadi B)o‘zgarmaydi C)kamayadi
D)javob qo‘yilgan kеrosinning miqdoriga bog‘liq
10. 10 cm qalinlikdagi dub paralеllopipеd suvda suzmoqda. Bu
paralеllopipеdning qanday qismi suv ustida bo‘ladi (cm)? Dubning
zichligi 700 kg/m
3
A)40/7 B)30/7 C)3 D)7
11. Suvli idish tubiga muz parchasi yopishib turibdi (muz butunlay
suv ostida). Muz eriganda, idishdagi suv sathi qanday o‘zgaradi?
Suv haroratining o‘zgarishini hisobga olmang.
A)o‘zgarmaydi B)pasayadi
C)ko‘tariladi D)javob muz haroratiga bog‘liq
12. Silindrik idishdagi suvda yog‘och quticha suzmoqda. Qutichaga
teshiklar orqali suv kirdi va quticha suvga chuqurroq botdi, lеkin
suzishda davom etdi. Bunda idishdagi suv sathi o‘zgardimi?
A)ko‘tarildi B)pasaydi C)o‘zgarmaydi
D)qutining botish chuqurligiga bog‘liq
а b