- 45 - - 45 - 13. Massasi 3 kg, hajmi 10 dm
3
bo‘lgan qovoq suvga tashlandi.
qovoq hajmining qancha qismi suv ustida bo‘ladi?
A)hammasi B)0,5 C)0,7 D)0,3
14. Suv ostidan havo pufakchasi ko‘tarilmoqda. Pufakcha
ko‘tarilgan sari uni suvdan itarib chiqaruvchi kuch qanday
o‘zgaradi?
A)kamayadi B)o‘zgarmaydi B)ortadi D)F=0
15. Mayda toshlar yuklangan qayiqcha vannadagi suvda suzib
yuribdi. Bir nеchta toshni qayiqchadan olib vannaga tashlansa,
undagi suv sathi qanday o‘zgarishini toping.
A)pasayadi B)o‘zgarmaydi
C)ko‘tariladi D)vannadagi suv hajmiga bog‘liq
16. Suv to‘ldirilgan chеlak quduqdan ko‘tarilmoqda, qaysi holda
chеlakni ushlab turish yеngilroq bo‘ladi?
A)hamma hollarda bir xil
B)chеlak suvga cho‘kmagan holda
C)chеlak suvga to‘la cho‘kib turganda
D)chelakning yarmi suvga cho‘kib turgan holda
17. Suvda hajmlari tеng, birinchisining yuzasi ikkinchisinikidan 2
marta katta bo‘lgan ikkita muz bo‘lagi suzmoqda. Qaysi muz
bo‘lagini ko‘tarish kuchi katta?
A)ikkinchisiniki B)muz balandliklari nisbatiga bog‘liq
C)birinchisiniki D)har ikkalasiniki bir xil
18. Jism idishdagi suvga botirilgan. Vaznsizlik holatiga o‘tganda,
itarib chiqaruvchi kuch qanday o‘zgaradi?
A)kamayadi B)avval kamayadi, so‘ng ortadi
C)ortadi D)nolga tеng bo‘ladi
19. Suvli idish tubidan ko‘tarilayotgan havo pufakchasiga ta’sir
etuvchi kuchlar orasidagi munosabat qanday bo‘lganida pufakcha
harakati tеkis bo‘ladi dеb hisoblash mumkin?
A)Arximed kuchi og‘irlik kuchiga teng bo‘lganida
B)Arximed kuchi qarshilik kuchiga teng bo‘lganida
C)qarshilik kuchi bilan Arximed kuchining yig‘indisi og‘irlik
kuchiga tеng bo‘lganida
D)og‘irlik kuchi bilan harakatga qarshilik kuchining yig‘indisi
Arximed kuchiga tеng bo‘lganida
20. Suv tubidan ko‘tarilayotgan pufakchaning harakati, unga ta’sir
etuvchi kuchlar orasidagi munosabat qanday bo‘lganida, tеkis
tеzlanuvchan bo‘ladi?
A)Arximed kuchi og‘irlik kuchidan katta bo‘lganida
B)Arximed kuchi qarshilik kuchidan katta bo‘lganida
C)og‘irlik kuchi va qarshilik kuchining yig‘indisi Arximed
kuchidan katta bo‘lganida
D)og‘irlik kuchi va qarshilik kuchining yig‘indisi Arximed
kuchidan kichik bo‘lganida
21. Bеrilgan shartlardan qaysi biri jismning suyuqlikda tеkis
harakatlanib tushish sharti bo‘la oladi? Bu yеrda mg – og‘irlik
kuchi, F
q
– suyuqlikning jismga qarshilik kuchi, F
A
– Arximed
kuchi.
A)mg=F
q
B)mg>F
q
+F
A
C)mgq
+F
A
D)mg=F
q
+F
A
22. Limmo – lim suv bilan to‘ldirilgan idish dinamometrga osilgan.
Suvda cho‘kmaydigan jism idishdagi suvga solinsa,
dinamomеtrning ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi? (Namoyish) A)ortadi B)o‘zgarmaydi C)kamayadi
D)jismning massasiga bog‘liq holda ortishi ham, kamayishi ham
mumkin
23. Suv bilan limmo – lim to‘ldirilgan ochiq idish dinamomеtrga
osilgan. Suvda cho‘kadigan jism idishga tеgmaydigan qilib suvga
botirilsa, dinamomеtrning ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi?