Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
Reja:
1. Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari
2. Axborotlar va axborot texnologiyalari haqida umumiy
ma`lumotlar.
3. Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi
4.
Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari. Respublikamiz
Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida
so’zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat
hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy ta’lim
muassasalariga jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan edi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23
maydadagi 230-sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot
texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro
axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab
chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g`risida»gi Qarorlari qabul
qilindi. 2002 yil 30 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish to’g`risida»gi Farmoni va uning ijrosini
amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi
«2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to’g`risidagi Qarori e’lon qilindi.
Bulardan ko’rinadiki, hozirgi paytda ta’limga axborot
texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish
asosiy masalaga aylangan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida informatika va axborot
texnologiyalarini o’quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi
ko’ndalang qo’yilgan. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va
informatika sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan Internet
texnologiyalarini barcha sohalarda keng joriy qilish dolzarb masalasi
ekanligi alohida uqtirib o’tiladi.
O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT) larini
yanada rivojlantirish, har bir sohaga tatbiq qilish, mutaxassislarning
kompyuter savodxonligini oshirish kabi masalalar davr talabiga muvofiq
yechilmoqda.
Hozirgi paytda axborot kommunikatsiyasi rivojlanishining asosiy
omillari EHM larning turli sohalarda tobora keng qo’llanib
borayotganligidadadir. Kompyuter texnologiyalarining qo’llanish
sohasining kengayishi, axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat
hayotining barcha sohalarida ya’ni ishlab chiqarishda, fanda, ta’limda,
tibbiyotda va boshqa jabhalardagi rivojlanish ya’ni tezkor axborot
almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta ishlash, o’z vaqtida
manbaga uzatishga olib kelmoqda.
Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida
ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ
salohiyatlar muhim hisoblanadi:
Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va
metodlarini axborot-kommunikativ texnologiyalardan
foydalangan holda bajara olish malakasi;
Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan
foydalanish borasida tayyorgarlik darajasini real aks
ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
Vaziyatni to’g`ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot-
kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda
samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet-maxsus
bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lish.
Yangi axborot muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial farqi,
uning o’ziga xos kichik texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan
ta`lim muassasasi axborot-kommunikativ texnologiyalarining ta`lim
jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy,
iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub
o’zgarishlar bilan kechadi.
Axborot ta`lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanish
uchun pedagogning iste`molchi sifatida o’zi mo’ljaldagi texnik
imkoniyatlarining to’liq to’plamini egallagan bo’lishi talab etiladi.
Jumladan, quyidagi slaydning mazmuniga e`tabor bering.
AKT dan ta`lim jarayonida foydalanish, ta`lim samaradorligini
oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Jumladan, o’qitish jarayoni
bilan AKT dan foydalanib o’qitish orasidagi farqni mazkur slayddan bilb
olish qiyin emas.
Bunda nafaqat tinglash, o’qish balki o’quvchilar bir dars jarayonida
mustqail ta`lim olish, olingan nazariy bilimni amalda kuzatish va
mavzuni mazmunidagi yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga ega
bo’ladilar.
Matematika darslarida AKT dan foydalanish uchun avvalo
kompyuter
dasturlari va ulardan foydalanish yo’llarini bilib olish zarur. Bu esa
kompyuter dasturlari nafaqat o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini
shakllantirish, balki kompyuterni qo’llash orqali ularning ijodiy
ko’nikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi.