Axborotlar va axborot texnologiyalari
haqida umumiy
ma`lumotlar.
Axborot – so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqqan
bo’lib, «tushuntirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi. Ko’p
hollarda «axborot» so’zi o’rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi
so’zi ham ishlatiladi. Axborot – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir.
Berilgan(ma’lumot)lar esa, xabar va kuzatishlarni o’z ichiga oladi. Biror
zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to’g`risidagi
bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.
Umuman axborot – keng ma’noda: haqiqiy dunyoni aks etishi; tor
ma’noda: saqlash, uzatish, o’zgartirish va boshqarish predmetidan iborat
ixtiyoriy ma’lumotlardir.
Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan
jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi
bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika – insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni
hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu
bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan
jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar
tizimidir.
Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash, uzatish,
o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.
O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv
tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot
texnologiyalarni tushuniladi.
Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar
tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha
xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.
Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun
axborot yaratish, to’plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash
texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.
O’qitishdagi informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar -
bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida
axborot uzatish usul va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni
tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan
foydalanish.
Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning harakat-
larida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur
ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan
bo’ladi.
O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga qarab
quidagicha tavsiflanadi:
- o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi, katta hajm va
gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida
avtomatik o’qitish tizimlari;
- mikromirlar deb ataluvchi fanga yo’naltirilgan muhitlar;
- laboratoriya mashg`ulotlari;
- trenajyorlar;
- ma’lumotnoma tizimlar;
- kompyuterli o’yinlar.
Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi o’quv kursini yoki uning katta
bo’limini mustaqil o’zlashtirishga imkon yaratadi. Bu tizim o’zida oddiy
darslik, masalalar to’plami, laboratoriya mashg`ulotlari, ma’lumotnoma
va o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini
mujassamlantirgan:
- materialni o’rganishning maqbul yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga
nazariyani o’zlashtirish va misollar hamda namunaviy masalalarni
yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini mustaqil tashkil
etishiga, shuningdek olgan bilim va ko’nik-malari sifatini o’zi
tekshirishiga imkon beradi;
Dostları ilə paylaş: |