Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 149,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü149,86 Kb.
#47850
  1   2   3   4   5
matematika fanlarini oqitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi



Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot 

texnologiyalaridan foydalanish metodikasi 

 

Reja: 

1.   Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari 

2.  Axborotlar va axborot texnologiyalari  haqida umumiy 

ma`lumotlar. 

 

3.  Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi 

 

4. 

Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot 

texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. 

 

Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari.  Respublikamiz 

Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida 

so’zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat 

hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy ta’lim 

muassasalariga jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan edi. 

Prezidentimiz  tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 

maydadagi 230-sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot 

texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro 

axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab 

chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g`risida»gi Qarorlari qabul 

qilindi. 2002 yil 30 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 

«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini joriy etish to’g`risida»gi Farmoni va uning ijrosini 

amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 

«2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to’g`risidagi Qarori e’lon qilindi. 

Bulardan ko’rinadiki, hozirgi paytda ta’limga axborot 

texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish 

asosiy masalaga aylangan. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida informatika va axborot 

texnologiyalarini o’quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi 

ko’ndalang qo’yilgan. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va 

informatika sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan Internet 

texnologiyalarini barcha sohalarda keng joriy qilish dolzarb masalasi 

ekanligi alohida uqtirib o’tiladi. 

O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT) larini 

yanada rivojlantirish, har  bir sohaga tatbiq qilish, mutaxassislarning 

kompyuter savodxonligini oshirish kabi masalalar davr talabiga muvofiq 

yechilmoqda. 

 

Hozirgi paytda axborot kommunikatsiyasi rivojlanishining asosiy 



omillari EHM larning turli sohalarda tobora keng qo’llanib 

borayotganligidadadir. Kompyuter texnologiyalarining qo’llanish 




sohasining kengayishi, axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat 

hayotining barcha sohalarida ya’ni ishlab chiqarishda, fanda, ta’limda, 

tibbiyotda va boshqa jabhalardagi rivojlanish ya’ni tezkor axborot 

almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta ishlash, o’z vaqtida 

manbaga uzatishga olib kelmoqda.  

Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida 

ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ 

salohiyatlar muhim hisoblanadi: 

  Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va 

metodlarini axborot-kommunikativ texnologiyalardan 

foydalangan holda bajara olish malakasi; 

  Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan 

foydalanish borasida tayyorgarlik darajasini real aks 

ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari; 

  Vaziyatni to’g`ri  baholash va pedagogik faoliyatda axborot-

kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda 

samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet-maxsus 

bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lish. 

Yangi axborot  muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial farqi, 

uning o’ziga xos kichik texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan 

ta`lim muassasasi axborot-kommunikativ texnologiyalarining ta`lim 

jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy, 

iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub 

o’zgarishlar bilan kechadi. 

Axborot ta`lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanish 

uchun pedagogning iste`molchi sifatida o’zi mo’ljaldagi texnik 

imkoniyatlarining to’liq to’plamini egallagan bo’lishi talab etiladi. 

Jumladan, quyidagi slaydning mazmuniga e`tabor bering. 

 

 

 



AKT dan ta`lim jarayonida foydalanish, ta`lim samaradorligini 

oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Jumladan, o’qitish jarayoni 




bilan AKT dan foydalanib o’qitish orasidagi farqni mazkur slayddan bilb 

olish qiyin emas. 

 

 

Bunda nafaqat tinglash, o’qish balki o’quvchilar bir dars jarayonida 



mustqail ta`lim olish, olingan nazariy bilimni amalda kuzatish va 

mavzuni mazmunidagi yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga ega 

bo’ladilar. 

Matematika darslarida AKT dan foydalanish uchun avvalo 

kompyuter  

 

 



 

dasturlari va ulardan foydalanish yo’llarini bilib olish zarur. Bu esa 

kompyuter dasturlari nafaqat o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini 

shakllantirish, balki kompyuterni qo’llash orqali ularning ijodiy 

ko’nikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi. 




Yüklə 149,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin