Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 149,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü149,86 Kb.
#47850
1   2   3   4   5
matematika fanlarini oqitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi

Ta`limni 

kompyuterlashtirish 

vositalari 

Texnik vositalar 

Didaktik vositalar 

Faoliyat vositalari 

Dasturiy vositalar 



Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini 

tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, 

ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini 

baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z ifodasini topadi.  

Matematika  fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu 

jumladan, kompyuter va boshqa axborot  texnologiyalarining jadal kirib 

kelayotgan  hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida 

informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. 

Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish 

jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. 

Keyingi o’n yillikda  matematika fanini o’qitishda 

kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. 

Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi 

dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy 

o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi. 

Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir 

yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan 

dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari 

qo’llanganda  tasavvur  qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan 

materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish 

yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter 

multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular 

matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada 

mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar. 

Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va 

berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi 

bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab 

qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun 

ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu 

maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, 

oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial 

tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga 

oshirish mumkin.  

 

Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot 

texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. 

Matematika 

fanlarini 

o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa 

axborot  texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan  hozirgi davrida 

fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan 

foydalanish dolzarb masalalardan biridir. 

Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish 

jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. 

Keyingi o’n yillikda  matematika fanini o’qitishda 

kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. 



Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi 

dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy 

o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi. 

Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir 

yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan 

dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari 

qo’llanganda tasavvur  qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan 

materiallarni tushunarli  bo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish 

yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter 

multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular 

matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada 

mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar. 

Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va 

berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi 

bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab 

qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun 

ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu 

maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, 

oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial 

tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga 

oshirish mumkin.  

Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, 

tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, 

oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning 

barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. 

Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, 

qog`ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida 

saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini 

axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini 

ishlab chiqilganligidadir.  

Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va 

shunga o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus 

dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. 

Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni 

o’qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib 

kelmoqda. 

Haqiqatdan o’qituvchi Windows  operatsion tizimi bilan 

ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va 

boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida 

yengilgina o’z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil 

etishi mumkin. 



Buning natijasida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, 

o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o’zlashtirish 

jarayoni tez kechadi. 

Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga 

mo’ljallangan bo’lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga 

tegishli masalalarni yechishga ham,  masalan, formulalar bo’yicha 

hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta 

yordam beradi. 

Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal 

etish, jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli shakllar yasash va bosmaga 

chiqarish ishlarini bajarish mumkin. 

Exceldagi avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli 

qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu 

imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam 

beradi. 

Funksiya 

qiymatlarini ma’lum qadam bilan hisoblash 

matematikaning juda ko’p bo’limlarida uchraydi. Ayni shu 

imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar 

funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim 

murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko’rishlari 

mumkin.  

Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim 

avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo’llash 

funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g`ri 

tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida talabalarning 

funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o’rganishlariga juda katta 

yordam beradi. 

Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan 

ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, 

diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular 

orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir. 

  Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza 


Yüklə 149,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin