Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 149,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü149,86 Kb.
#47850
1   2   3   4   5
matematika fanlarini oqitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi

mashg`ulotining ssenariysi.  Guruhda yo’qlama qilinib, mashg`ulot 

mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot davomida qo’llaniladigan 

texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu 

tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha 

va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun 

elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va tez hal 

etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi talabalarning 

javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning faol 

ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi. 

Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida 

bajariladigan amallar qanchalik maktab matematikasidan tanishligini 



aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida to’ldirish va 

chuqurlashtirish maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan savollar 

berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni topshirish 

mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga 

Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol yordamida 

ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars 

davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar, Eyler-Venn 

diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point 

dasturi orqali tayyorlangan elektron ko’rgazmali qurollar yordamida 

namoyish etib boriladi.  

Talabalarning ma’ruza davomida olgan bilimlarini tartiblash, 

mustahkamlash maqsadida ekran orqali har bir talabaga alohida tuzilgan 

topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida topshiriqlarni 

bajaradilar hamda yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar. 

O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir 

talabani baholaydi.  

Dars yakunida ekranda talabalarga keyingi mashg`ulot mavzusiga 

tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va uy vazifalari sifatida topshiriqlar 



beriladi. 

 

Yüklə 149,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin