Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 149,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü149,86 Kb.
#47850
1   2   3   4   5
matematika fanlarini oqitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi

Axborotlar va axborot texnologiyalari 

haqida umumiy 

ma`lumotlar. 

Axborot  –  so’zi lotincha «informatio» so’zidan  kelib chiqqan 

bo’lib,  «tushuntirish, bayon etish» -  degan ma’nolarni anglatadi. Ko’p 

hollarda «axborot» so’zi o’rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi 

so’zi ham ishlatiladi. Axborot –  aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. 

Berilgan(ma’lumot)lar esa, xabar va kuzatishlarni o’z ichiga oladi. Biror 

zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to’g`risidagi 

bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.  

Umuman axborot –  keng ma’noda: haqiqiy dunyoni aks etishi; tor 

ma’noda: saqlash, uzatish, o’zgartirish va boshqarish predmetidan iborat 

ixtiyoriy ma’lumotlardir.  

Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan 

jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi 

bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.  

Informatika  –  insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni 

hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu 

bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan 

jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar 

tizimidir.  

Axborot texnologiyalari –  axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, 

o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.  

O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda –  faqat o’quv 

tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot 

texnologiyalarni tushuniladi.  



Yangi axborot texnologiyalari  -  turli toifali foydalanuvchilar 

tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha 

xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.  

Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun 

axborot yaratish, to’plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash 

texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.  

O’qitishdagi informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar  

bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida 

axborot uzatish usul va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni 

tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan 

foydalanish. 

Dasturli ta’minot  boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning harakat-

larida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur 

ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan 

bo’ladi.  

O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga qarab 

quidagicha tavsiflanadi: 




o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi,  katta hajm va 

gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida 

avtomatik o’qitish tizimlari; 

mikromirlar deb ataluvchi fanga yo’naltirilgan muhitlar; 

laboratoriya mashg`ulotlari; 

trenajyorlar; 

ma’lumotnoma tizimlar; 

kompyuterli o’yinlar. 

Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi  o’quv kursini yoki uning katta 

bo’limini mustaqil o’zlashtirishga imkon yaratadi. Bu tizim o’zida oddiy 

darslik, masalalar to’plami, laboratoriya mashg`ulotlari, ma’lumotnoma 

va  o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini 

mujassamlantirgan: 

materialni o’rganishning maqbul yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga 

nazariyani o’zlashtirish va misollar hamda namunaviy masalalarni 

yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini mustaqil tashkil 

etishiga, shuningdek olgan bilim va ko’nik-malari sifatini o’zi 

tekshirishiga imkon beradi; 


Yüklə 149,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin