Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 149,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü149,86 Kb.
#47850
1   2   3   4   5
matematika fanlarini oqitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi

tahlil va tadqiqotchilik faoliyati ko’nikmalarini singdiradi; 

o’quvchining vaqtini tejashga imkon beradi. 

Fanga yo’naltirilgan muhit o’quv dasturlari paketidan iborat bo’lib, 

ma’lum klass ob’ektlari bilan ish ko’rishga, ular o’rtasidagi munosabatni 

va ob’ektlar hamda munosabatlar ustida olib boriladigan ishlarni 

bajarishga, shuningdek ob’ektlarni va ularning xossalarini yaqqol 

tasavvur etishga imkon beradi. 

Talaba muhit ob’ektlari bilan ish ko’rganda topshirilgan didaktik 

masalaga erishish, yoki mustaqil tadqiqotlarni bajarishni maqsad qilib 

qo’yadi. 



Tekshiruvchi dasturlar bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun 

mo’ljallangan.Ular  o’quvchiga: javobni umum qabul qilingan shaklga 

maksimal yaqin-lashtirilgan hollda kiritish; tekshirish natijalarini saqlash, 

yig`ish, raspechatka olish (qog`ozga ko’chirish) va statistik tahlil qilish; 

javobning shakli va sintaktik (gapning tuzilish) savodliligidan qat’iy 

nazar, adekvat baho olish imkonini berishi lozim



Ma’lumotnoma tizimlari  –  bu ma’lumotnomaga o’xshagan turli 

o’quv axborotlarini saqlash va o’quvchiga ko’rsatish uchun mo’ljallangan 

dasturlardir. Bu dasturlarda o’quv materiali iyerarxik tartibda 

joylashtiriladi va axborotni turli belgilariga qarab tez izlab topish mumkin 

bo’ladi. Ular kontekst  ma’lumotni olish, saqlash va nusha chiqarishni 

ta’minlaydi.  



Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi –  talabalarning faol bilish, 

bilim orttirish  jarayonlarini rag`batlantiruvchi texnologiyadir. Bu 

texnologiya  o’quv axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini 



birgalikda namoyon etish, o’qitish jarayonini maqsadlarga moslashtirish 

imkonini beradi. Talabalar kompyuter bilan individual o’qitilganda 

darslarda kommunikativ faoliyat ko’rsata olmaydi, bundan tashqari, 

muammoli o’qitish zaminidagi evristik aspekt yo’qqa chiqadi.. 

O’qitishning videokompyuterli modelini ochiq tizim sifatida qarab, 

unga  o’qitishning boshqa an’anaviy vositalari qo’shilishi mumkin. 

Albatta, har bir alohida holda verbal-vizual va tasvirli axborotning 

salmog`i o’zgarishi mumkin. Bularning barchasi kompyuterli va 

videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni va xususiyatlariga 

va mazkur mavzuni o’rganishda erishish lozim bo’lgan didaktik 

maqsadlarga bog`liq. 

Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt yo’nalishda 

foydalanilmoqda:  

-o’rganish ob’ekti sifatida;  

- o’qitishning texnik vositalari sifatida;  

- ta’limni boshqarishda;  

- ilmiy-pedagogik izlanishda. 

Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda 

ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan 

topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; 

kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o’quvchi 

ta’lim sub’ektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin 

bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish 

imkoniyati hosil bo’ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan 

holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; 

kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan 

o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo. 

Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va kompyuter 

orasidagi munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat 

qilinadi.  

Kompyuterli ta’limni tashkil etish –  o’quvchi bilan o’quv materiali 

o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi 

bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim 

loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini 

rag`batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi. 

Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron 

o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv 

qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish 

mumkin. Ular o’zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy 

intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar 

muvjudligiga ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi. 

Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon 

beradi:  



- o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;  

- o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;  

- o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi;  

- kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi;  

-  kompyuterlardan foydalanish bilan bog`liq dunyoni ilmiy 

bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi;  

- ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;  

- o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;  

- materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;  

- ta’limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi;  

- ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;  

-  o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya’ni baholash 

jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k.  

Kompyuterli ta’lim tamoyillari: 

-ilmiylik 

-tizimlilik va ketma-ketlik 

-ko’rgazmalilik 

-o’quvchilar faoliyatini individuallashtirish 

-nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi 

-tushunarlilik 

-fanlararo, ham fan ichidagi bog`liqlikni ta’minlash 

-fanning turmush bilan bog`liq bo’lishi 

-bilish faoliyatini faollashtirish 

-izlanishga o’rgatish 

Kompyuterli ta’lim vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish 

mumkin: 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Yüklə 149,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin