Kalit elementi sifatida odatda kanali induksiyalanuvchi MDYa –
tranzistorlar qo‗llaniladi, chunki ularda U ZI nolga teng bo‗lganda uzilgan kalit
holati ta‘minlanadi (tranzistor berk).
Maydoniy tranzistorlar asosida yasalgan mantiqiy elementlar negizida aktiv
element va yuklama MDYa – tranzistorda bajarilgan kalit sxema yotadi. Aktiv va
yuklamadagi tranzistorlar bir xil yoki har xil o‗tkazuvchanlik turiga ega bo‗lgan
kanaldan tashkil topgan bo‗lishi mumkin. Aktiv tranzistor zatvoriga yuqori
potensialga (mantiqiy bir darajasi) berilsa uning stokidagi qoldiq kuchlanish 50-
100 mV ni (mantiqiy nol darajasi) ni tashkil etadi. Bu bilan inversiya amalga
oshiriladi.