Мавзу: Диний экстремизмга қарши курашнинг маънавий- маърифий асослари ва усуллари


FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO’YXATI



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#47901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
diniy ekstremizmga qarshi kurashning manaviy- marifiy asoslari va usullari

 
FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO’YXATI................................108-111 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
KIRISH 
   
Mavzuning  dolzarbligi:   Din   kishilarni   hamisha   yaxshilikka va  ezgu  
ishlarga    chorlagan.    Jumladan    Islom,  Xristian,    Buddaviylik    va    boshqa  dinlar  
ham      ajdodlarimizning      muqaddas    e’tiqodlariga    asoslanib,  yuksak  insoniy 
fazilatlarni    shakllanishiga  xizmat  qilgan.  Aynan    ular    tufayli  xalqlarning  ming 
yillar  maboynida    boy    ma’naviyati  va  merosi,  o’zligi  omon  saqlanib  kelindi. 
Afsuski  aynan  shu  e’tiqodlardan  diniy  ekstremistlar  va  terrorchilar  o’z  g’arazli 
maqsadlari  yo’lida  foydalanishga  harakat  qilmoqdalar.  Bu  esa  butun  kishilik 
jamiyatiga,  jumladan  mustaqil  O’zbekiston  davlatiga  nisbatan    turli  tahdidlarni 
yuzaga  kelishiga  sabab  bo’lmoqda.  Manfur  kimsalarning  asl  qiyofalari  o’z 
jinoyatlarida      oshkor    bo’lmoqda.    Ayna  paytda,  bunday  jarayonlar  kishilarni 
doimiy  ogoh  bo’lishga,  haqiqiy  diniy  qadriyatlarni  ularning  sohta  va  g’arazli 
talqinlaridan  farqlashga  yordam  beradigan  bilimlarni  egallashga  undaydi.  Zero 
yurtboshimiz    Islom    Karimov:  ―Xalqimizning    tabiatiga  mutlaqo  zid  bo’lgan 
siyosiy,  diniy  ekstremizm,  aqidaparastlik  va  boshqa  yovuz  oqimlarning 
mintiqamizga  kirib  kelishi  va  tarqalishi    tinchlikka    va    osoyishtalikka,  
farzandlarimizning  kelajagiga  katta  xavf    tug’dirishini  odamlar  ongiga  chuqur  
singdirib    borish    kerak.    Halqimiz    tafakkurida    axloqiy-ma’naviy    qadriyatlarni 
qaror    toptirish    va   mustahkamlash   orqali      yovuz    kuchlarga      qarshi      kurashga  
safarbar  etish  zarur‖,
1
-deb alohida qayd etgandi.                                                                                                       
  O’zbekiston    Respublikasi    Konstitutsiyasining    bir  qator  moddalarida  ham 
insonlar    erkiga    dahl    qilmaslik,    barchaning  qonun  oldida  teng  ekanligi  (  18- 
modda  ),  barcha  uchun  vijdon  erkinligining  kafolatlanganligi  (  31  –  modda  ),  
konstitutsiyaviy  tuzumni  zo’rlik bilan   o’zgartirishni  maq’sad  qilib qo’yuvchi, 
respublikaning 
suverenitityeti, 
yaxlitligi  va  xavfsizligiga  fuq’arolarning  
konstituttsiyaviy    huquq    va    erkinliklariga    qarshi    chiquvchi,  urushni,    ijtimoiy,  
                                                 
1
Karimov I.A. Tinchlik va  xavfsizligimiz  o’z  kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz  va  qat’iy irodamizga  bog’liq. 12-
jild.-Toshkent.: O’zbekiston, 2004.- 260 bet. 



 
milliy,    irqiy      va    diniy    adovatni    targ’ib    qiluvchi,    xalqning  sog’ligiga    va  
ma'naviyatiga  tajovuz  qiluvchi,  shuniningdеk  harbiylashtirilgan birlashmalarning,  
 milliy  va   diniy  ruhdagi  siyosiy  partiyalarning  hamda  jamoat  birlashmalarining  
tuzilishi  va  faoliyati  ta'qiqlanadi,  (  57-modda  ).  Bularning  teg  zamirida   millat  
va  davlat  tinchligi-barqarorligini  saqlash  asosiy  maqsad  etib bеlgilangan. 
   
 Davlat  va  xalqlarning  tinchligi, hamda  barqarorligini  saqlash  maqsadida   
turli    vayronkor    kuchlarga    qarshi    kurash  olib  borilish  va  ularning  tizimli  
bo’lishiga   erishish  lozim.  Buning  uchun  insonlar  ongini  ezgu  g’oyalar, obеktiv   
ilmiy    bilimlar    va    nazariyalarga    ega    ma'lumotlar    bilan  boyitib    borish    kеrak.  
Yuqorida    qayd  etilgan  mulohazalarga  asoslanib,  mavzuning    dolzarbligini  
quyidagicha  tavsiflash  mumkin: 
  
Din  va      diniy  qadriyatlarning    mazmun-mohiyati,  ularni    gnoseologik 
ontologik  va  akseologik  o’rganish  o’sib  kelayotgan  avlodlar  oldidagi  asosiy 
vazifadir.  Zero bu dinyoqarashning  teran va  to’g’ri  shaklllanishiga  olib  keladi. 
   
Diniy ekstremizmning  yuzaga  kelishi,  ularning  asl mohiyati va  jamiyatga 
salbiy  ta’sirlarni  mukammal  va  ob’yektiv  o’rganish  lozim,  bu  turli  buzg’unchi  
g’oyalarga  qarshi  kurashishning  asosi  sanaladi. 
Diniy    ekstremizmga    qarshi    kurashishning    ma’naviy-siyosiy    va    huquqiy 
asoslarini    to’laqonli    o’rganish    shart.    Bu    aynan    kishilik    jamiyati    tinchligiga 
rahna    soluvchi    vayronkor    kuchlarga    qarshi    kurashishning  tayanchidir. 
Butunjahon  xalqlari  o’rtasida  turli  shartnomalar tuzilgan bo’lib, ularning  zamiri 
adolat, tenglik  va  erkinlik  tamoyillariga asoslangan.  Ularni  to’laqonli  o’rganish 
yoshlar  mafkuraviy  immunitetining    barqarorligini    ta’minlaydi.    Mustaqil  
O’zbekistonda  ham  vijdon  erkinligi  konstitutsiyaviy  asosda  ta’minlangan. Turli 
diniy  tashkilotlar    faoliyati    uchun    ham  zaruriy    huquqiy    sharoitlar    mavjud. 
Mazkur sohaga oid qonunlarni buzganlik uchush tegishli qonuniy choralarni  ko’rish 
esa,    faqat    ezgu    maqsadlar    yo’lida,    ya’ni  xalq  tinchligi,    mustaqillikning  
barqarorligi  va  millat  ravnaqi  yo’lida  amalga  oshiriladi.  
            Diniy  aqidaviy  ta’limotlar  haqida  ma’lumotlarga  ega  bo’lish  bugungi 
jarayonlar  mohiyatini,  diniy  ekstremizmning  g’oyaviy  ildizlarini  chiqurroq 



 
anglashga  xizmat  qiladi.  Buyuk  ajdodlarimizning  turli  diniy  ilmlari,  jumladan 
Islom      dini    ilmlari  va  madaniyati  rivojidagi  yuksak  o’rnini  anglab  yetish  esa 
bunday  g’oya    va    harakatlarning    xalqimizni    bunyodkorlik    va    bag’rikenglik  
an’analariga  mutlaqo  zid  ekanini  tushunishga  ko’maklashadi.  Demak, lmiy tahlil 
etish bilimlarimizning kengayishi va boyishiga olib kelar ekan. 
 Shuningdek, diniy ekstremistik harakatlar hozirga kelib global muammolarga 
aylangan,  ularga  qarshi  esa  barcha  sog’lom  kuchlar  birgalikda  harakat    qilibgina  
yenga  olishi  mumkin. Shundan kelib chiqib, BMT va boshqa xalqaro  tashkilotlar  
olib  borayotgan  faoliyatlar  haqida  batafsil  habardor  bo’lish zarur hisoblanadi. 
Mintaqaviy, jumladan O’zbekiston davlatida diniy ekstremizmning  namoyon  
bo’lishini    o’ziga  xos  xususiyatlari,  yoshlar  va  xotin-qizlarni    bunday  kuchlarning  
asosiy  nishoniga  aylanishi sabablari  va  ― jaholatga  qarshi ma’rifat ‖ g’oyasining 
mohiyatini teran anglash dolzarbdir. 
Insoniyat taqdiriga dahldor bo’lgan diniy ekstremizmning oldini olish va unga  
qarshi    kurashda    Mustaqil      O’zbekiston      davlatining    o’ziga  xos  o’rni  xalqaro 
siyosatchilar  va  nufuzli  mutahasislar  tomonidan  oshkora  ijobiy  e’tirof  etilmoqda.  
Bu  yo’lda  O’zbekistonning  qat’iy  siyosati  mavjud  bo’lib, u Markaziy   Osiyda  
xavfsizlik  va  barqarorlikni  ta’minlashdir. Bu ta’limotlarni kelajak  avlod  ongiga 
singdirish  va  ularda  turli  axloqiy  tamoyillar;  tinchlikparvarlik,  insonparvarlik, 
vatanparvarlik,    millatparvarlik    va    bq.    keng  shakllantirish    hozirgi    davrning  
muhim  masalalaridan  biridir. 
         Diniy  ekstremizmga  qarshi    kurashishning turli ma’naviy-ma’rifiy usullari, 
jumladan,  xalqqa  kuchli  ijtimoiy  himoyani  ta’minlash,  iqtisodiyotni  rivojlantirish, 
bunda erkin, sof raqobatga asoslangan ijodiy ishlab chiqarish sharoitlarini  yaratish,  
tinchlikka  rahna  soluvchi  jinoiy harakatlarga qarshi tizimli huquqiy tadbirlar, zarur 
bo’lganda keskin qonuniy choralarni ko’rish masalarini o’rganish.  Bunda  targ’ibot-
tashviqot    usuli,    ta’limda  innovatsion  texnologiyalardan  samarali  foydalanish, 
milliy-diniy  qadriyatlar  aks  etgan  an’analarni    boyitib      borish,    ularning    nazariy 
asoslarini  bilish,  yuksak  ma’naviyatni    shakllantirish  lozim.  Bunda  ilmiy-nazariy 
tadqiqotlar o’rni beqiyosdir. 



 
            ―Sog’lom  bola  yili‖  davlat  dasturlaridan  kelib  chiqib  kelajak  avlodning 
jismonan  baquvvat,  ma’nan  boy  va  mafkuraviy  immuniteti  barqaror  bo’lgan 
shaxslar  etib  tarbiyalash,  bunda  sog’lom  oilaviy  muhitning  o’rni  masalalarini 
mukammal  tadqiq  etish  eng  asosiy  vazifamizdir.  Zero,  shu    yo’l  bilan  vayronkor 
kuchlarga  qarshi  tizimli  va  samarali  kurashish  mumkin.            

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin