Sanoati
Buyuk Britaniya eksportining 90 % ni sanoat ta’minlaydi. 2-jahon urushidan keyin
sanoat tuzilmasida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil
va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar
ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi.
Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta
ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmog’i, avtomobil,
samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy
apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish
ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo
(plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, ma’danli o’g’it, bo’yoqlar, kimyoviy
tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab chiqarish), to’qimachilik, oziq-ovqat
sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va b. tarmoqlari
bo’yicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining ko’pchiligi Jan. va
Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem,
Koventri, Luton, Sheffild sh.larida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari —
Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli
metallurgiya ishxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati
ishxonalari Shimoli-G’arbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati
ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shim. dengiz va Bristol qo’ltig’i
sohillarida, to’qimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy
dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. Buyuk Britaniyada yiliga o’rtacha 48,2
mln. tonna toshko’mir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi,
304,5 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil
qilinadi, 17,5 mln. tonna po’lat ishlab chiqariladi.