Buyuk Britaniya, Britaniya, (
ingl.
Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya
Birlashgan Qirolligi (
ingl.
United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) —
Shimoli-G’arbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i
shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda
orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan.
G’arbdan
Atlantika okeani
, sharqdan Shimoliy dengiz o’rab turadi. Buyuk Britaniya
mamlakat asosiy qismining nomi bilan ko’pincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming
km2. Aholisi 63.23 mln kishi (2012-yil). Poytaxti —
London
shahri. Tarixan tarkib topgan
va milliy jihatdan har xil bo’lgan 4 ma’muriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va
unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari muastaqil
ma’muriy hudud hisoblanadi.
Davlat tuzumi
Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig’i qirol (qirolicha). Mamlakatning
konstitutsiyasi yo’q.
1215-yilgi
Ulug’ Erkinliklar hartiyasi,
1679-yilgi
Xabeas korpus akti,
1931-yilgi
Vestminster statuta,
1969-yilgi
Xalq vakilligi to’g’risidagi akt va boshqa eng
muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va
parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni
bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni
qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat a’zolari parlament a’zolaridan bo’lishi kerak. Buyuk
Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya o’zining sud tizimiga, mahalliy
boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya ma’muriy muxtoriyat huquqiga ega bo’lib,
uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya o’tmishda
Britaniya
imperiyasi
tarkibida bo’lgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdo’stlikka
boshchilik qiladi.