«menejment» kafedrasi «XALQARO menejment» fanidan



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.12.2021
ölçüsü1,32 Mb.
#48103
  1   2   3   4   5
buyuk britaniya (3)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM

VAZIRLIGI

TOSHKENT TO`QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI

«MENEJMENT» KAFEDRASI

«XALQARO MENEJMENT» FANIDAN

Bajardi: Boltayev R.

Tekshirdi: Majidov Sh.

TOSHKENT - 2015

TAQDIMOT




Buyuk Britaniya, Britaniya, (

ingl.


Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya

Birlashgan Qirolligi (

ingl.

United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) —

Shimoli-G’arbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i

shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda

orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan.

G’arbdan

Atlantika okeani

, sharqdan Shimoliy dengiz o’rab turadi. Buyuk Britaniya

mamlakat asosiy qismining nomi bilan ko’pincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming

km2. Aholisi 63.23 mln kishi (2012-yil). Poytaxti —

London


shahri. Tarixan tarkib topgan

va milliy jihatdan har xil bo’lgan 4 ma’muriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va

unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari muastaqil

ma’muriy hudud hisoblanadi.




Davlat tuzumi

Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig’i qirol (qirolicha). Mamlakatning

konstitutsiyasi yo’q.

1215-yilgi

Ulug’ Erkinliklar hartiyasi,

1679-yilgi

Xabeas korpus akti,

1931-yilgi

Vestminster statuta,

1969-yilgi

Xalq vakilligi to’g’risidagi akt va boshqa eng

muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va

parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni

bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni

qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat a’zolari parlament a’zolaridan bo’lishi kerak. Buyuk

Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya o’zining sud tizimiga, mahalliy

boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya ma’muriy muxtoriyat huquqiga ega bo’lib,

uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya o’tmishda

Britaniya

imperiyasi

tarkibida bo’lgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdo’stlikka

boshchilik qiladi.





Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin