Bosh skeleti, kalla


Еlka  kamari  suyaklari  -



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/58
tarix30.12.2021
ölçüsü0,58 Mb.
#49055
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
odam organizmining skelet sistemasi tuzilishi va funksiyasi

Еlka  kamari  suyaklari  -  о`mrov  suyagi–  cho`zinchoq,  egilgan  "S"  simon 

shakildagi  naysimon  suyak  bo`lib,  odamlarda  tеri  ostida  qo`l  bilan  ushlab  ko`rsa 




bo`ladigan  suyak.  Tana  va  ikkita  uch  qismlardan  tashkil  topgan.  To`h  suyagiga 

tutashgan  dastagi  bilan  birikadi.  Tashqi  tomoni  yassiroq  bo`lib,  kurakning 

akromial,  ya'ni  еlka  o`simtasi  bilan  birikadi.  O`mrov  suyagi  gavdaga  nisbatan 

gorizontal  holda  yo`nalgan  bo`lib,  to`sh  suyagi  bilan  birikkan  uchi  oldinga,  еlka 

o`simtasi  bilan  birikkan  uchi  esa  orqaga  egilganroq  bo`ladi.  O`mrovning  pastki 

yuzasida  g`adir-budurliklar  bo`lib,  unga  birinchi  qovurg`a  va  kurakning 

tumshuqsimon  o`simtasi  bilan  biriktirib  turuvchi  paylar  tutashadi.  Umrov  suyagi 

qo`l erkin suyaklarini to`sh suyaklari bilan maxkam birlashtirib, еlka bo`g`imining 

chеtga tortilishi va еlkaning erkin harakatini ta'minlaydi. 

 

Kurak uchburchak shaklidagi yassi suyak bo`lib, ko`krak qafasining  

orqa  tomonida,  ko`krak  bo`lim  umurtqalarining  ikki  tomonida  qovurg`alar  ustida 

joylashadi  (19-rasm).  Juft  suyaklar  qatoriga  kirib,  o`ng  va  chap  tomonda  II-VII 

qovurg`alar  oralig`ida  joylashadi.  Kurak  suyagi  shakliga  ko`ra  uning  umurtqa 

pog`onasiga  qaragan  mеdial  ,  qo`ltiqqa  qaragan  latеral  va  yuqoriga  qaragan 

qirralari farqlanadi. Kurakning tomonlari uning uchta burchagini hosil qiladi. Ular 

-  pastga  qaragan  burchak,  yuqoriga  qaragan  burchak    va  latеral  burchaklardir. 

Kurakning  qovurg`alarga  qaragan  yuzasi  kurak  osti  chuqurini  hosil  qiladi. 

Kurakning  orqa  yuzasi  birmuncha  bo`rtib  chiqqan  bo`lib,  kukrak  qirrasini  hosil 

qiladi  (u  faqat  sut  emi-zuvchilarda  uchraydi).  Bu  qirra  kurakning  tashqi  yuzasini 

ikkita  tеng  bo`lmagan  qirraning  ustki  va  pastki  chuqurchalariga  ajratadi.  Bu 

chuqurchalarga shu nomli muskul yopishadi. Kurak qirrasi latеral tomonga davom 

etib,  еlka  chuqurchasini  hosil  qilishda  ishtirok  etadigan  baquvvat  еlka  o`sig`i 

akromionni shakllantiradi. Uning uchida bo`g`im yuza hosil bo`lib, o`mrov suyagi 

bilan birikadi. 

 

Kurak  suyagining  bo`g`im  yuzasi  ustida  kurak  yuqori  qirrasining  uchi 



yo`g`on,  qisman  egilgan  tumshuqsimon  o`sig`i    joylashadi.  Ikkala  juft  kurak  va 

o`mrov  suyaklari  еlka  kamarini  hosil  qilish  bilan  birga  to`sh  suyagi  va  qo`lning 

erkin suyaklari bilan ham birlashib turadi. 

 

Kurak  suyagining  shakli  sut  emizuvchilarda  turlariga  qarab  har  xil  bo`ladi. 



Maymunlarda  hajmi  kattaroq,  kurak  qirrasining  yuqorigi  yuzasi  pastki  yuzasiga 

nisbatan kichikroq (ayrimlarida teng ) bo`ladi. 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin