Qo`lning erkin suyaklari
Qo`lning erkin suyaklariga yuqoridan pastga qarab еlka suyagi, o`rta qismida tirsak
va bilak suyaklari, oxirgi qismida esa qo`lning panja suyaklari kiradi. Ularning
ko`pchiligini uzun suyaklar tashkil etadi.
Еlka suyagi haqiqiy uzun suyaklar qatoriga kirib, o`rta qism tanasi diafiz va
ikkita uchi epifiz qismlaridan tashkil topgan .Yuqorigi - proksimal va pastki - distal
qismlari tafovut qilinadi. Yuqori uchi kurak suyagi bilan, pastkisi esa bilak
suyaklari bilan birikish hosil qiladi. Proksimal qismi (yarimshar shaklidagi
boshchasi –uning yon atrofida aylanma holda joylashgan anatomik bo`yin bilan
chеgaralanadi. Anatomik bo`yin ostida muskullar yopishadigan katta va kichik
bo`rtiqlar joylashgan. Ikkala bo`rtiqlardan pastga qarab g`adir-budur qirralar, katta
do`mboqlar,
|