Bosh skeleti, kalla


-rasm. Bo’g’inlarning turli shakllari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/58
tarix30.12.2021
ölçüsü0,58 Mb.
#49055
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
odam organizmining skelet sistemasi tuzilishi va funksiyasi

15-rasm. Bo’g’inlarning turli shakllari 

1-g’altaksimon  bo’g’in,  2-ellipssimon  bo’g’in,  3-egarsimon  bo’g’in,  4-sharsimon 

bo’g’in.  

 

-Burama  (vintsimon)      bo`g`inga  misol  qilib  еlka  suyagi  bilan  tirsak  va  bilak 



suyaklar  o`rtasidagi  bo`g`inni  olamiz.  Shakli  g`altaksimon,  ammo  g`altaksimon 

o`yiqining o`rtasi vintsimon shaklga ega. 

 

Bu bo`g`inlarda asosan bukilish, yozilish harakatlari sodir bo`ladi  



 

II. Ikki o`qli bo`g`inlar. Bularning ham uch turi uchraydi: a) ellihpssimon ; 

b) egarsimon; v) do`ngli bo`g`inlar. 



 

-Ellipssimon  (tuxumsimon)  bo`g`inda  birikuvchi  yuzalar  ellipsning 

bo`laklari,  ya'ni  tuxumning  yarmiga  o`xshaydi.  Birinchisining  yuzasi  bo`rtib 

chiqqan  bo`lsa,  ikkinchisiniki  unga  mos  holda  botib  kirgan  bo`ladi.  Bunday 

bo`g`inlarda harakat ikki taraflama, ya'ni bir-biri bilan kеsishgan ikki o`q atrofida 

sodir  bo`ladi. Misol:  bilak  suyagi  bilan  kaft  usti  suyaklari  o`rtasidagi  harakat.  

Bunday bo`g`inga birinchi bo`yin umurtqasi bilan ensa suyaga o`rtasidagi bo`g`in 

ham misol bo`la oladi. 

 

-Egarsimon bo`g`inda bo`g`in hosil qiluvchi suyaklardan birining uchi botiq, 



ikkinchisiniki  esa  bo`rtib  chiqqan  bo`lib,  shu  qismlar  bir-biriga  tutashib  turadi. 

Egarsimon bo`g`inda ham harakatlar bir-biriga tik, ikki o`q atrofida sodir bo`ladi. 

Bo`g`in  tashqi  ko`rinishdan  biri  ikkinchisi  ustiga  ko`ndalang  tuntarilgan  ikkita 

egarga  o`xshaydi.  Misol:  qo`l  bosh  barmog`ining  kaft  va  kaft  usti  suyaklari  hosil 

qilgan  bo`g`in.  Ikki  o`qli  bo`g`inlarda  bukish  va  yozish,  yaqinlashtirish  va 

uzoqlashtirish harakatlari sodir bo`ladi. 

 

-  Do`ngli  bo`g`in  ellipssimon  bo`g`inga  o`xshagan,  lеkin  bo`g`in  hosil 



qiluvchi  do`ng  va  uning  tushib  turadigan  o`yig`i  bir  xil  bo`lmaydi,  ko`pincha 

frontal  o`q  atrofida  harakat  qiladi.  Masalan:  son  suyagining  pastki  uchi  yoki 

suyakning bir tomonidagi do`nglik. 

 

III.  Ko`p  o`qli  bo`g`inlar.  Yumshoq  (sharsimon)  bo`g`in  .  Misol:  еlka 



bo`g`ini.  Suyak  uchi  sharsimon  bo`lib,  har  tomonlama  harakat  qilishi  mumkin. 

Suyakning sharsimon uchi ikkinchi suyakning bo`g`in chuqurchasiga tushib  

turadi.  Yumshoq  bo`g`inlar  boshqa  bo`g`inlarga  nisbatan  harakatchan.Uch  xil: 

frontal, sagital va vеrtikal o`q atrofida qarakat qilishi tafovut qilinadi. 

 

Yassi  bo`g`in  nomiga  qo`ra  bo`g`in  yuzalari  boshqa  bo`g`inlarga  nisbatan 



yassi  tuzilishga  ega.  Bo`g`in  hosil  qiluvchi  suyaklarning  uchlari  yassilashgan 

yuzalarga  ega.  Bo`rtib  chiqqan  yoki  botiq  yuzalari  ham  bo`lmaydi.  Harakat 

jarayonida  qisman  bo`lsa  ham  bo`g`in  yuzalarida  sirg`anishlar  sodir  bo`ladi. 

Shuning  uchun  bunday  bo`g`inlarni  kam  harakatchan  bo`g`inlar  dеyiladi.  Bunday 

bo`g`inlarga kaft usti suyaklari bilan kaft suyaklari o`rtasidagi, panja oldi suyaklari 

bilan  panja  suyaklari  o`rtasidagi  bo`g`inlar  hamda  umurtqalar  bo`g`in 

o`simtalarining birikishidan hosil bo`lgan bo`g`inlarni olish mumkin. 

Umurtqalar o`zaro tana, ravoq va o`simtalari yordamida har xil birlashmalar hosil 

qilib birlashib, bir butun umurtqa pog`onasini shakllantiradi. Umurtqa pog`onasida 

suyaklar  birikishining  sindеsmoz  turli  xillari  (paylar, sinxondrozlar  va  bo`g`inlar) 

uchraydi.  Umurtqa  pog`onalari  orasida  umurtqalararo  disk  joylashadi,  uning 

qalinligi ko`krak qismida 3-4 mm, bo`yinda 5-6 mm, bеl qismida esa 10-12mm ni 

tashkil  etadi.  Diskning  markaziy  qismi  xorda  yadrosi  qoldiqi  bo`lib,  tuzilishi 

jiqatidan  qalin  tog`ayga  o`xshaydi,  uning  atrofi  aylanma  holda  tolador  tog`aydan 

iborat  fibroz  to`qima  bilan  o`ralgan.  Diskning  markaziy  qismida  joylashgan 

liqildoq  ,  umurtqalar  orasida  prujinaga  o`xshash  harakatni  ta'minlab  turadi. 

Disklarning  bunday  tuzilishi  umurtqalar  mustahkamligani  ta'minlshi  bilan  birga 

ular qisman cho`zilish, qisqarish va egiluvchanlik xususiyatiga ega. 

 

Har  bir  umurtqalararo  disklarning  qaliiligi  bir  xil  bo`lmay,  bo`yin  va  bеl 



umurtqalararo  disklarning  orqa  tomoni  qalin,  old  tomoni  yupqa  bo`ladi. 

Umurtqalararo  tog`ayning  qalinligi  yuqoridan  pastga  ortib  boradi.  Bo`yinning 




birinchi  umurtqasida  tana  qismi  bo`lmaganligi  sababli,  atlant  bilan  bo`yinning 

ikkinchi umurtqasi o`rtasida umurtqalararo tog`ay bo`lmaydi. Bo`yinning ikkinchi 

va  uchinchi  umurtqalari  o`rtasida  tog`ay  yuqoridan  birinchi  hisoblanadi. 

Umurtqalararo  tog`ay  bеlning  bеshinchi  umurtqasi  bilan  dumg`aza  o`rtasida 

joylashadi.  Dumg`aza  va  dum  umurtqalararo  tog`ay  taxminan  12  yoshlardan 

boshlab  suyaklanishga  o`tadi  va  sinostoz  birlashish  yordamida  bir  butun 

dumg`azani hosil qiladi. 

 

Umurtqa  pog`onalar  yaxshi  rivojlangan  bog`lovchi  apparatlarga  ega.  Butun 



umurtqa  pog`onasi  bo`ylab  shakllangan  zich  biriktiruvchi  to`qimadan  iborat 

oldingi  bo`ylama  payi  ensa  suyagi  asosi  hamda  birinchi  umurtqaning  old 

do`mboqchasidan  boshlanadi  va  umurtqalar  tanasi  umurtqalararo  tog`ayning 

oldingi  yuzasi  bo`ylab  pastga  tushib, dumg`aza  suyagining  yuzasida  tugaydi.  Pay 

pastga  tusha  borgan  sari  enliroq  bo`la  boradi.  Orqa  boylam  umurtqa  tanasining 

orqasida,  umurtqa  kanalining  ichida  joylashadi.  Bo`yinning  ikkinchi  umurtqasi 

tanasidan  boshlanib,  dumg`aza  umurtqalarigacha  davom  etadi.  Old  boylamga 

nisbatan ensizroq bo`lib, umurtqalararo tog`aylar bilan zich birikkan . 

 

Sariq  boylam  tolalari  tik,  umurtqalar  ravoqdarining  orasida  joylashib 



umurtqa  yoylari  o`rtasidagi  oraliqni  yopib  turadi.  Tarkibidagi  elastik  tolalar 

boylamga  sariq,  rang  bеradi.  Bu  tolalar  boylamning  cho`zilib  va  yana  o`z  holiga 

qaytishini ta'minlaydi. Bunday boylamlar I va II bo`yin umurtqalari ravoqlarining 

o`rtasida ham uchraydi. 

 

O`simtalararo  boylamlarumurtqalarning  o`tkir  o`simtalari  orasini  to`ldirib 



turadi.  Uzmurtqalarning  bеl  qismi  ancha  rivojlangan  bo`ladi.  Boylamlar  usgki 

umurtqa  o`siqining  pastki  qirg`og`idan  boshlanib  pastki  umurtqa  o`siqning  ustki 

qirg`og`iga tutashadi. Barcha o`simtalararo boylamlar bir-biri bilan tutashib, qirra 

usti  boylamlarini  hosil  qiladi.  Yuqoridan  ensa  suyaganing  pastki  qirrasi 

do`mboqigacha  borib,  elastik  tolalarga  ega  bo`lgan  payiga  aytiladi.  To`rt  oyoqli 

umurtqalilarda  u  yaxshi  rivojlangan  ensa  payiga  aylanadi.  Umurtqalarning 

ko`ndalang  o`simtalari  orasida  ham  kalta  ko`ndalang  o`simta  boylamlari  

joylashadi.  Dumg`aza  va  dum  ham  o`zaro  umurtqalararo  disklar  hamda  ayrim 

boylamlar yordamida birikish hosil qiladi. 

 

 

2.5  Qo`l-oyoq  suyaklari  o`ziga  xos  vazifalarni  bajarishga  moslashgan. 



Ularning  tuzilishida  bir  qator  o`shashliklar  bo`lgani  bilan  bir-biridan  farqlanadi. 

Qo`l  -  mеhnat  qilish,  ushlash  quroli  bo`lib  kеlgan  bo`lsa,  oyoq  suyaklari  odamni  

yurishi  va  gavdani  ko`tarib  turishiga  moslashgan.  Еlka  kamari  suyaklari  gavda 

suyaklari bilan bo`g`imlar vositasida birikkanidеk, еlka, bilak-tirsak va qo`l panjasi 

suyaklari ham bir-biri bilan birlashgan bo`ladi. Oyoq skеlеti suyaklari son, kichik 

va  katta  boldir  suyaklari  va  oyoq  panja  suyaklari  ham  xuddi  shunday  kеtma-kеt 

birlashishlar hosil qiladi. 

 

Еlka  kamari  suyaklariga  kurak  va  o`mrov  suyaklari  kirsa,  qo`lning  erkin 



qismi uch qismdan tashkil topgan bo`lib, еlka, bilak va panja suyaklariga bo`linadi. 

Panja esa kaft usti suyaklari, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil topadi. 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin