Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
78
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Senga omonat qo‘ygan kishining
omonatini ado et, senga xiyonat qilgan kimsaga sen xiyonat qilma!» (Termiziy rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda: «Mo‘min har qanday xislatga tabiatan moyil bo‘lishi mumkin,
biroq xiyonat va yolg‘onga moyil bo‘lmaydi», deyilgan (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh: «Men sherigiga xiyonat qilmagan
ikki sherikning uchinchisiman. Agar xiyonat qilsa, ular orasidan chiqib ketaman», deydi»
(Abu Dovud rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, menga ochlikdan panoh
berishingni so‘rayman, zero, u juda yomon hamxonadir, hamda xiyonatdan panoh
berishingni so‘rayman, zotan u juda yomon astar-yopinchiqdir», der edilar (Abu Dovud
rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli beshtadir», deya bir necha toifani
zikr qilib: «Arzimagan bo‘lsa-da, o‘zi yoqtirgan narsaga xiyonat qiladigan xoin»,
deganlar (Muslim rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh yo‘lida qatl etilish barcha gunohlarga
kafforat bo‘ladi. Biroq omonat bundan mustasno. Qiyomat kuni bir bandani olib
kelishadi. Garchi Alloh yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, unga: «Omonatingni ado et»,
deyiladi. U: «Ey Rabbim, dunyo o‘tib ketgan bo‘lsa, men qanday qilib omonatni ado
qilaman», deydi. Uni «Hoviya»ga olib borishadi. Unga omonati ko‘rinadi. U o‘ziga
berilgan kundagi shaklda bo‘ladi. Uni ko‘riboq taniydi. Uning izidan «Hoviya»ga tushib,
unga yetib boradi-da, yelkasiga ortib, olib chiqa boshlaydi. Endi chiqaman, deganida
omonat yelkasidan tushib ketadi. U abadul-abad omonatning izidan pastga tushib
ketaveradi». So‘ng: «Namoz omonatdir, tahorat omonatdir, tarozi omonatdir, o‘lchov
omonatdir», deb bir qancha narsalarni sanadilar-da: «Bularning eng qattig‘i va’dadir»,
dedilar (Ahmad, Bayhaqiy rivoyati).
Rivoyat qilishlaricha, odamlardan birinchi bo‘lib, ko‘tariladigan narsa omonatdorlik va
oxirida qoladigan narsa namozdir. Holbuki, ko‘pchilik namozxonlarda xayr – yaxshilik
bo‘lmaydi.
Ey Allohim, bizga lutf marhamating ila muomala qilgin va barchamizni afv aylagin.
O‘ttiz oltinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: