Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
8. Muxtasaru Sunan al-Bayhaqiy.
9. At-tajrid fi asmais-sahaba. Sahobalar haqida lug‘at.
10. Muxtasaru al-Mustadrak lil Hakim. Hakimning «Mustadrak» asariga qisqa sharh.
11. Muxtasaru tarixi Naysabur lil Hakim.
12. Nabaud-Dajjal. Dajjol haqidagi hadis va rivoyatlar monografiyasi.
Imom Zahabiyning qirqqa yaqin asarlari bo‘lib, ularning ichida eng ko‘p tarqalgani,
shubhasiz, «Kaboir» kitobidir. Qur’on va hadisda tilga olingan, had-jazo belgilangan,
Alloh va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam la’natlagan gunoh ishlar ushbu kitobda
batafsil yoritilgan.
Inson yomonlikka tushib qolmasligi uchun uni yaxshilab tanib olishi kerak. Ushbu kitob
bizga bu borada katta yordam beradi. To‘g‘ri, oldin ham katta gunohlar haqida ba’zi
risolalar chop etilgan. Lekin ular Imom Zahabiyning «Kaboir» asaridan parchalar edi.
Alloh taolo bandalari katta gunohlardan saqlansa, mayda-kichik gunohlarni kechishi
aytgan. O‘qiyotgan besh vaqt namozimiz, tutayotgan ro‘zamiz, juma namozlarimiz ham,
gunohi kabiralardan saqlanar ekanmiz, kichik gunohlarimizni yuvib turadi. Shuning
uchun kabiralardan saqlanmog‘imiz, mabodo, beixtiyor ulardan birortasini sodir etib
qo‘ysak, tavba va pushaymonlik o‘ti ila uni kuydirmog‘imiz lozim. Gunohlardan chekinish
va ulardan poklanish yo‘lida ushbu kitob o‘quvchilarimizga zarur qo‘llanma bo‘lishiga
umidimiz bor. Uni o‘qib, uqib, nafsida naf topganlar avvalo Imom Zahabiy hazratlarining
haqlariga, qolaversa, ushbu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, chop etilishiga hissa qo‘shgan
mutasaddilarning haqlariga duoi xayrlar qilgaylar.
Olamlar Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Barchamizga U zotning
huzuriga gunohlarsiz, pokdomon holda yuzlanishimizni nasib aylasin.
Bismillahir rohmanir rohiym
Olamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz
Muhammadga salovot va salomlar bo‘lsin!
Ushbu kitobda qaytarilgan va harom qilingan bir qancha ulkan gunohlar – gunohi
kabiralar haqida so‘z boradi.
Alloh va Uning Rasuli Kitobu sunnatda qaytargan ishlar gunohi kabiradir. (Bunday
gunohlar uchun dunyoda had-jazo belgilangan, oxiratda tahdid solingan, yoki uni sodir
qilgan kishining iymoni inkor qilingan, yoki la’natlangan, yoki «biz undan pokmiz», «u
bizdan emas», kabi so‘zlar bilan sifatlangan.)
Alloh taolo gunohi kabiralardan chetlangan kishining kichik gunohlarini kechib
yuborishini, so‘ng uni jannatga doxil etishini xabar qiladi:
Dostları ilə paylaş: