Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan zotlardir. Albatta,
Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir...» (Van-najm surasi, 32).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Modomiki, banda katta gunohlardan
chetlanar ekan, besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha va ramazon keyingi
ramazongacha bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir» (Muslim va Termiziy rivoyati).
Demak, qaysi gunohlar kabira ekanini bilib olishimiz juda muhim. Toki ulardan
chetlanaylik va Rabbimiz rahmatiga musharraf bo‘laylik.
Bir toifa ulamolar gunohi kabiralarni yettita, deganlar va Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning quyidagi hadisi sharifini hujjat qilganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: «Halok qiluvchi yettita gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Ular qaysilar, yo
Rasululloh?» deb so‘rashganida, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom
qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, sudxo‘rlik, dushmandan ortga
chekinish, buzuq xayol bilan pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilish», deya javob
berganlar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhu esa: «Gunohi kabiralar yettitadan ko‘ra, yetmishtaga
yaqinroq», deganlar. Yuqoridagi hadisda esa, gunohi kabiralar soni yettita emas, balki
mazkur yettita amal gunohi kabiralardan ekani bayon qilingan, xolos.
Xullasi kalom, kimda-kim odam o‘ldirish, zino, o‘g‘irlik kabi dunyoda had joriy qilingan,
oxiratda azoblanishi yoki g‘azabga uchrashi haqida tahdid solingan, Muhammad
sollallohu alayhi vasallam tomonidan la’natlangan yoki «iymonsizdir», «bizdan emas»,
«biz undan pokmiz (boshqa-boshqamiz)» kabi jumlalar bilan sifatlangan biror amalni
qilsa, u gunohi kabira sodir etgan bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidab o‘tish kerakki, ayrim gunohi kabiralar boshqalaridan ulkanroq
bo‘ladi. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga shirk keltirishni gunohi
kabiralardan, deb zikr qilganlar. Vaholanki, Allohga shirk keltirgan kimsa – mushrikning
gunohi hech qachon kechirilmaydi va u do‘zaxda mangu qoladi.
Dostları ilə paylaş: