Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
Yana ayrim so‘zlar borki, ular aniq kufr kalimasi bo‘lmasa-da, harom bo‘lib, aytgan kishi 
kofir bo‘lib qolishi ehtimoli bor. Masalan, «Tirnoqlaringni olib yur. Bu sunnat» 
deyilganda, «Sunnat bo‘lsayam olmayman», deyish. Musulmonga: «Alloh oqibatingni 
xayrlik qilmasin» yoki «Iymoningdan judo qilsin», deyish. Bir kishidan qasam ichishni 
talab etsa-yu, u Alloh nomiga qasam ichmoqchi bo‘lganida, «Xotinim taloq bo‘lsin», deb 
qasam ichishini talab etish. Bir kishiga: «Seni ko‘rsam, o‘limni ko‘rganday bo‘laman», 
deyish. Bir joyga matosini qo‘yib: «Uni Allohga topshirdim», degan kishini «Matoingni 
o‘g‘riga ergashib yurmaydigan (ya’ni, o‘g‘rini tutib bermaydigan) zotga topshirdingmi?» 
deyish. Bir kishi teparoq joyga imom-xatibga o‘xshab o‘tirib olsa-yu, boshqalar undan 
turli masalalarni so‘rashsa, (bu bilan ulamolarni masxara qilmoqchi bo‘lsa) yoki birontasi 
«Bir kosa sho‘rva ilmdan yaxshiroq», desa. Bir kishining beliga arqon orqalab olganini 
ko‘rib «Bu nima?» deb so‘rashganida, «Zunnor», deyishi. 
 
Muallimning: «Yahudiylar musulmonlardan yaxshiroq, chunki ular farzandlarimizning 
ustozlariga ehson qilib turadilar», deyishi. «Nasroniylik majusiylikdan yaxshiroq» deyish. 
Musulmonga qarata: «Dinsiz, iymonsiz, e’tiqodsiz. Sen fojirsan, fosiqsan, munofiqsan», 
deyish. 
Alloh taolodan bizni Kitob va sunnatga amal qilgan holimizda vafot ettirishini so‘raymiz. 
Albatta, u rahmlilarning rahmlirog‘idir! 
 
 
Ikkinchi gunohi kabira 
RIYO 
 
Alloh taolo munofiqlar haqida xabar bera turib: «Insonlarga riyo qiladilar», deydi. Ya’ni, 
ularning namoz o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari – Allohning yuzi emas, balki odamlar 
ko‘rib, eshitishlari – xo‘jako‘rsin uchundir. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin