«Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. – Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir.– Va ular qachon namozga tursalar dangasalik bilan, odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam eslaydilar» (Niso surasi,
142).
«Namozlarini «unutib» qo‘yadigan «namozxon»larga vayl bo‘lsin» (Mo’un
surasi, 4-oyat). Namozlariga beparvo, yengiltaklik qilib uni o‘z vaqtidan kechiktirib
o‘qiydigan kimsalarga halokat, azob bo‘lsin. «... ular riyokorlik qiladigan kimsalardir». Ular odamlar ko‘z o‘ngida «solih» deb aytishlari uchun namoz o‘qiydilar,
«taqvodor» deb nom qozonish uchun xushu’li va huzu’li bo‘lib ko‘rinadilar va «saxiy»
degan nom olish uchun ehson-sadaqa qiladilar. Ularning har bir amallari riyo va nom
qozonish uchundir.