www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Ko‘p ro‘zadorlar borki, ularning ro‘zasidan oladigan «ulush»lari faqat ochlik va
tashnalikdir, ko‘plab kechalari qoim bo‘luvchilar borki, ularning qoimlikdan oladigan
«ulush»lari faqat bedorlik, xolos» (Tabaroniy rivoyati).
Ya’ni, agar namoz va ro‘za Alloh taoloning roziligi uchun bo‘lmas ekan, unga savobi
berilmaydi.
Ba’zi hukamolar aytishgan ekan: «Riyo va sum’a (odamlar eshitishi) uchun amal qilgan
kimsa hamyonini toshlar bilan to‘ldirib olgan kishiga o‘xshaydi. U bozorga bir narsa sotib
olish uchun kirib, sotuvchining oldida hamyonini ochsa, ichi to‘la tosh bo‘ladi va sotuvchi
toshlarni uning yuziga otadi. Insonlarning: «Hamyoni juda to‘la ekanmi?» degan
so‘zlaridan boshqa unga hech bir manfaat yo‘q va unga hech vaqo berilmaydi».
Xuddi shunga o‘xshab riyo va odamlar eshitsin, deb qilingan amallardan zarracha foyda
yo‘q, oxiratda unga savob ham berilmaydi.