Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar



Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
GUNOHI KABIRALAR 
 
Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
Tarjimon: Dilmurod Qo‘shoqov 
Muharrir: Ulug‘bek Mutalov 
Musahhih: Abdug‘afur Iskandar 
Toshkent 
«Movarounnahr» 
2004 
 
Imom Zahabiy va uning «Kaboir» nomli asari haqida 
 
Islom olamining mo‘’tabar olimlari qatorida, shubhasiz, Muhammad ibn Ahmad ibn 
Usmon Abu Abdulloh Zahabiy Shofe’iy hazratlarining ham munosib o‘rni bor. 
Imom Zahabiy hijriy 673 yili Suriyaning Damashq shahrida tavallud topganlar. 
«Zahabiy» taxallusi u kishiga otalarining kasbiga nisbatan berilgan bo‘lib, «zargarning 
o‘g‘li» degan ma’noni anglatadi. 
Hadis ilmi bilan 18 yoshdan shug‘ullanishni boshladilar, Ba’labakka, Hims, Hama, 
Aleppo, Tripoli, Nabulus, Ramla, Qohira, Iskandariya, Quddus, Hijoz kabi jami o‘ttizta 
shaharda bo‘ldilar. Ilm tahsili uchun juda ko‘p olimlarning xizmatida turdilar. Ibn Zahiriy, 
Abarquhiy, Shayxul-Islom Ibn Daqiq Iyd (Imom Zahabiy u kishining oldiga ilm 
o‘rgangani kelganida, imtihon qilib: «Abu Muhammad Hiloliy kim?» deb so‘ragan, Imom 
Zahabiy: «Sufyon ibn Uyayna», deb to‘g‘ri javob bergach, Ibn Daqiq Iyd u zotni 
shogirdlikka qabul qilgan), davrining yetuk hadisshunos olimi Sharafiddin Dimyatiy
Jaloliddin Abu Ma’li Ansoriy kabi olimlardan hadis va fiqh ilmini o‘rgandilar. So‘ng 
Damashq shahriga qaytib, hadis ilmidan dars berdilar, islom olamida nomlarini mashhur 
etgan kitoblarini yozdilar. 
73 yoshda ko‘z nuridan ayrildilar va ikki yildan so‘ng foniy dunyoni tark etdilar. Uchta 
farzandi bor edi: qizining ismi Amat Aziz va o‘g‘illari Abdulloh bilan Abu Hurayra 
Abdurahmon. Abdurahmon keyinchalik hadis ilmi peshvosiga aylanib, Ibn Nasriddin 
Damashqiy va Ibn Hajar Asqaloniy kabi olimlarga dars berdi, otasidan eshitgan ko‘plab 
hadislarni rivoyat qildi. 
Imom Zahabiy 75 yil umr ko‘rdilar, islom olamida hadis ilmining sultoni, qomusiy 
ilmlarga ega tarixchi, shajarashunos va shayxul islom sifatida nom qozondilar. 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin