Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Agar sizlar man etilgan gunohlarning (Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Agar sizlar man etilgan gunohlarning (Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq 
bo‘lish, birovni nohaq o‘ldirish kabi) kattalaridan saqlansangizlar, qilgan 
(kichik) gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil – jannatga 
kiriturmiz» (Niso surasi, 31). 
 
«Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g‘azablangan 
vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir» (Sho‘ro surasi, 37). 
 
«Ular (ya’ni, jannatga sazovor bo‘lganlar) kichik xatolardan boshqa katta 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan zotlardir. Albatta, 
Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir...» (Van-najm surasi, 32). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Modomiki, banda katta gunohlardan 
chetlanar ekan, besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha va ramazon keyingi 
ramazongacha bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir» (Muslim va Termiziy rivoyati). 
 
Demak, qaysi gunohlar kabira ekanini bilib olishimiz juda muhim. Toki ulardan 
chetlanaylik va Rabbimiz rahmatiga musharraf bo‘laylik. 
 
Bir toifa ulamolar gunohi kabiralarni yettita, deganlar va Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning quyidagi hadisi sharifini hujjat qilganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam: «Halok qiluvchi yettita gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Ular qaysilar, yo 
Rasululloh?» deb so‘rashganida, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom 
qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, sudxo‘rlik, dushmandan ortga 
chekinish, buzuq xayol bilan pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilish», deya javob 
berganlar (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
 
Ibn Abbos roziyallohu anhu esa: «Gunohi kabiralar yettitadan ko‘ra, yetmishtaga 
yaqinroq», deganlar. Yuqoridagi hadisda esa, gunohi kabiralar soni yettita emas, balki 
mazkur yettita amal gunohi kabiralardan ekani bayon qilingan, xolos. 
 
Xullasi kalom, kimda-kim odam o‘ldirish, zino, o‘g‘irlik kabi dunyoda had joriy qilingan
oxiratda azoblanishi yoki g‘azabga uchrashi haqida tahdid solingan, Muhammad 
sollallohu alayhi vasallam tomonidan la’natlangan yoki «iymonsizdir», «bizdan emas», 
«biz undan pokmiz (boshqa-boshqamiz)» kabi jumlalar bilan sifatlangan biror amalni 
qilsa, u gunohi kabira sodir etgan bo‘ladi. 
Shuni ham ta’kidab o‘tish kerakki, ayrim gunohi kabiralar boshqalaridan ulkanroq 
bo‘ladi. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga shirk keltirishni gunohi 
kabiralardan, deb zikr qilganlar. Vaholanki, Allohga shirk keltirgan kimsa – mushrikning 
gunohi hech qachon kechirilmaydi va u do‘zaxda mangu qoladi. 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin