Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
oyatni o‘qigan vaqtlarida: «Riyokorlarga vayl bo‘lsin», der edilar.
Riyokorlar qiyomat kunida to‘rtta nom bilan chaqiriladi: «Ey riyokor, xiyonatkor, ey fojir,
ey ziyonkor, bor, kim uchun amal qilgan bo‘lsang, o‘shandan ajr-mukofotingni olaver.
Bizning huzurimizda sen uchun ajr yo‘q».
Hasan (rahmatullohi alayh) aytganlarki: «Riyokor o‘zi haqidagi
Allohning taqdiridan
g‘olib bo‘lishni xohlaydi. U o‘zini «solih» deb atashlarini istaydi. Uni qanday qilib solih
desinlar, holbuki, u Parvardigori tomonidan tuban o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa.
Mo‘minlarning qalblari uni tanib, ajratib olishlari shart».
Qatoda roziyallohu anhu shunday deydilar: «Agar
banda riyo qilsa, Alloh: «Bandam Meni
qanday masxara qilayotganini qaranglar», deydi.
Rivoyat qilinishicha, Umar roziyallohu anhu bo‘ynini egib olgan kishini ko‘rdilar va unga:
«Ey bo‘yin egasi, bo‘yningni ko‘tar. Xushu’ bo‘yinlarda emas, qalblarda bo‘ladi», dedilar.
Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu masjidda sajda qilgan holida yig‘lab duo qilayotgan
kishining oldiga keldi-da: «Sen yaxshisan (ya’ni, bu ishing yaxshi),
faqat bu ishni
uyingda qilganingda edi», dedilar.
Muhammad ibn Muborak Suvariy aytadilar: «Xushxulqingni tunda izhor qil, bu ish
kunduzi izhor qilganingdan yaxshiroqdir. Chunki kunduzgi xushxulqliliging maxluqlar
uchun, kechqurungi intilish olamlar Parvardigori uchundir».
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu riyokorning uchta alomati bo‘lishini bayon qilganlar:
«Yolg‘iz o‘zi bo‘lsa,
dangasalik qiladi, odamlar davrasida serg‘ayrat bo‘ladi, odamlar
maqtagan ishni ko‘paytirib, qoralagan ishni kamaytiradi».
Fuzayl ibn Iyoz aytganlar: «Odamlar sababli bir ishni tark etish – riyo, odamlar sababli
bir ishni qilish – shirkdir. Alloh seni shu ikkisidan omon saqlashi esa ixlosdir».
Alloh
taolodan bizni amallarimiz, so‘zlarimiz va barcha holatlarimizda ixlosli etmog‘ini
so‘raymiz.
Uchinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: