«(Ey Muhammad alayhissalom), eslang, Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling deyishimiz bilan ular sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib, kofirlardan bo‘ldi» (Baqara surasi, 34).
Bandalardan ilmi tufayli takabburlik qiladigan va o‘zini boshqalardan afzal deb biladigan
kimsa eng yomon mutakabbirdir. Uning ilmi ham befoydadir. Zero, kimki oxirat uchun
ilm talab qilsa, ilmi uni bosiq – tavoze’li qilib qo‘yadi, qalbi xushu’ga to‘ladi va nafsi
xotirjam bo‘ladi. Ilm uning nafsiga qo‘riqchi-posbon bo‘lib oladi va yalqovlik qilmasdan
har vaqt uni nazorat qilib, hisob-kitob qilib turadi. Bordi-yu, g‘aflatda qolsa, nafs haq
yo‘ldan bo‘yin tovlaydi va halok etadi.
Kimda-kim faxrlanish, boshliq bo‘lish, musulmonlarni ahmoq qilish, masxaralash va
o‘zini ustun qo‘yish uchun ilm talab qilsa, yuqoridagi oyat va hadislarda aytilganidek
jannatga kirmaydi».