Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
112
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Folbin sehrgardir, sehrgar esa kofirdir», deganlar.
Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Uch toifa odam jannatga kirmaydi: «Mast qiluvchi narsaga odatlanib qolgan kimsa,
qarindosh-urug‘lar bilan aloqani uzgan kimsa va sehrni tasdiqlovchi kimsa» (Ahmad, Ibn
Hibbon, Hokim rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Albatta, dam solish (afsun o‘qish), tumor taqish
va issiq-sovuq qilish shirkdir» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Kimki tumor yoki munchoq taqib, bu ko‘z tegishidan saqlaydi, deb e’tiqod qilsa shirk
keltirgan bo‘ladi.
Issiq-sovuq Alloh taolo bitgan taqdirga ta’sir etadi, deb e’tiqod qilishadi. Bu esa shirkdir.
Xitobiy roziyallohu anhu aytadilr: «Agar Qur’on yoki Alloh taoloning ismlari bilan dam
solsa, bu mubohdir. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husayn
roziyallohu anhumolarga dam solib: «Sizlarni Allohning to‘liq kalimalari ila har bir
shaytonu hasharotdan va har bir yomon ko‘zdan O‘z panohida saqlashini so‘rayman»,
der edilar» (Hokim rivoyati).
Alloh panoh so‘ralguvchi zot, suyanishga loyiq zot ham Udir.
Elliginchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: