yo‘qdir. Keyin (zolimlarga ergashsangizlar), sizlarga yordam berilmas» (Hud surasi, 113).«... Keyin (zolimlarga ergashsangizlar), sizlarga yordam berilmas» (Hud surasi, 113).
Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Sizlarni Allohning azobidan saqlovchi hech kim yo‘q», deb
tafsir qilganlar.
«(Ey farishtalar, sizlar) zolim-kofir bo‘lgan kimsalar va ularning hamtovoqlarini (ergashuvchilarini) to‘planglar...» (Vas-soffot surasi, 22).
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Mendan so‘ng amirlar bo‘ladi. Kim ularning huzuriga kirib yolg‘onlarini
tasdiqlasa, zulmlariga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman. U
hovuzga yaqin kelmaydi. Kim ularning huzuriga kirmasa va zulmlariga yordam bermasa,
yolg‘onlarini tasdiqlamasa, u mendan va men ham undanman. U hovuzga keladi»
(Termiziy rivoyati).
Said ibn Musayyab aytgan ekanlar: «Solih amallaringiz kuyib ketmasligi uchun
zolimlarning yordamchilariga faqat qalbingiz bilan inkor qilgan holdagina nazar
tashlanglar».
Makhul Dimashqiy aytganlar: «Qiyomat kuni bir jarchi: «Zolimlar va ularning
yordamchilari qani?» deb nido qiladi. Shunda zolimlarning xatcho‘pini siyohga botirib
bergan yoxud qalamini uchlab bergan va yo bundan boshqa xizmat qilgan har bir kimsa
ular bilan hozir bo‘ladi. So‘ng ular olovdan bo‘lgan tobutga to‘planadilar-da, jahannamga
uloqtiriladilar».
Bir tikuvchi kishi Sufyon Savriydan: «Men sultonning kiyimlarini tikib beraman. Ayting-
chi, men zolimlarning yordamchilaridanmi?» deb so‘ragan edi, «Yo‘q, sen zolimning
o‘zisan. Senga ip-igna sotadigan kishi zolimlarning yordamchilaridandir», deb javob
berdilar.
Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kuni do‘zaxga birinchi bo‘lib, zolimlar huzurida odamlarni
savalaydigan qamchili kimsalar kiradi.
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytganlar: «Zolimlarning yordamchilari va mirshablar
qiyomat kunidagi do‘zax itlaridir».