Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


ZO‘RAVONLIK, HADDAN OSHISH



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

ZO‘RAVONLIK, HADDAN OSHISH 
 
Alloh taolo deydi: 
 
«Insonlarga zulm qiladigan va yerda nohaq zo‘ravonlik – kibru havo qiladigan 
kimsalarning – ana o‘shalarning jazosi alamli azobdir» (Sho‘ro surasi, 42). 
 
Ya’ni, insonlarga zulm qiladigan tajovuzkorlar, odamlarning jonlari-yu, mollariga zug‘um 
o‘tkazadigan zo‘ravonlarning jazosi alamli azobdir. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Alloh taolo menga tavoze’li 
bo‘lishingizni vahiy qildi. Toki bir odam boshqasiga zo‘ravonlik qilmasin, bir odam 
boshqasidan o‘zini ustun qo‘ymasin» (Muslim rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh gunoh qilgan kimsaga ham bu 
dunyoda jazo berib, ham oxiratga nasiba – azob hozirlab qo‘yishi uchun zo‘ravonlik va 
qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzishdan ko‘ra loyiqroq gunoh yo‘q» (Ibn Moja, 
Termiziy, Hakim rivoyati). 
 
Asarlarda kelganki, agar bir tog‘ boshqa toqqa zo‘ravonlik qilsa, Alloh o‘sha zo‘ravon 
tog‘ni mayda-mayda qilib yuboradi. 
 
Qorun ham qavmiga zo‘ravonlik qilgani uchun Alloh uni yerga yutdirib tashladi. Alloh 
taolo u haqda shunday xabar qilgan: 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin