www.ziyouz.com kutubxonasi
133
«... yoki o‘z yerlaridan surgan qilinishlaridir».
Ibn Abbos roziyallohu anhu bu hukm haqida shunday deganlar: «Imom: «Uni kim
uchratsa, o‘ldirsin», deb qonini to‘kishni halol qiladi. Bu hukm qo‘lga tushirib
bo‘lmaydigan jinoyatchilarga taalluqli bo‘lib, qo‘lga tushganlari esa hibsga olinib, qamab
qo‘yiladi. Chunki u hibsga olinsa, shaharlarda yurishdan mahrum bo‘ladi va yerdan
surgun qilingan hisoblanadi.
Ibn Qutayba ayrim mahbuslar tilidan she’r bitgan ekan:
Biz endi undanmasmiz, dunyo ahli bo‘lsak-da, Na o‘likmiz, na tirik – faqat dil g‘amin yeymiz. Zindonbon bir ish bilan oldimizga kirsa gar, Alam bilan: «Bu dunyodan tashrif buyurdi», deymiz.
Yo‘ltasarlik qilib, odamlar ko‘ngliga qo‘rquv solishning o‘ziyoq gunohi kabiradir. Mol-
mulkni talon-taroj qilish, odamlarga jarohat yetkazish, qatl etishni esa aytmasa ham
bo‘laveradi.
Allohdan barcha balo-yu ofatlardan omon saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli,
mag‘firatli va rahmli zotdir.