«...Rahmatim – mehribonligim esa hamma narsadan kengdir» (A’rof surasi,
156).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Allohning yuzta rahmati bo‘lib, undan bitta rahmatni jinlar, insonlar,
hayvonlar va hashoratlar orasiga tushirdi. Ana o‘sha bitta rahmat bilan ular bir-biriga
rahm qiladilar, shafqatli bo‘ladilar. Va shu rahmat bilan vahshiy hayvon o‘z bolasiga
mehribon bo‘ladi. Alloh to‘qson to‘qqizta rahmatni olib qoldiki, ular bilan qiyomat kunida
bandalariga rahm qiladi» (Muttafaqun alayh).
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
shunday deganlarini eshitganman: «Alloh taolo aytdi: «Ey Odam farzandi, rahmatimdan
umidvor bo‘lar ekansan, sen tarafingdan sodir bo‘lgan narsalarni kechiraman va hech
parvo qilmayman. Ey Odam farzandi, agar gunohlaring osmonga yetsa-da, so‘ng
mendan mag‘firat so‘rasang, seni mag‘firat qilaman va hech parvo qilmayman. Ey Odam
farzandi, agar sen Menga yer qobig‘icha xato bilan kelsang, so‘ng Menga biron narsani
sherik qilmagan holingda yo‘liqsang, senga yer qobig‘icha mag‘firat bilan peshvoz
chiqaman» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘limi
yaqinlashib qolgan bir yigitning oldiga kirib, «O‘zingni qanday his qilyapsan?» deb
so‘radilar. U: «Yo Rasululloh, Allohdan umid qilyapman va gunohlarimdan
qo‘rqyapman», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shunday
holatda banda qalbida bu ikkisi jam bo‘lsa, Alloh unga umid qilayotgan narsasini berib,
qo‘rqayotgan narsasidan omon saqlaydi», dedilar» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Men bandamning Men haqimdagi o‘yidaman va Meni zikr
qilgan vaqtda Men u bilan birgaman», dedi» (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yaxshi gumon ibodatning
go‘zalligidandir» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati).
Jobir roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘limlaridan uch kun
oldin: «Sizlarning har biringiz Alloh azza va jalla haqida yaxshi gumon qilgan
holingizdagina vafot etingiz», deganlarini eshitganini aytganlar (Muslim, Abu Dovud, Ibn