www.ziyouz.com kutubxonasi
44
Rivoyat qilinishicha, dod solib yig‘lovchilar qiyomat kuni jahannamda ikki qator qilib
teriladi. Biri o‘ng tarafda, ikkinchisi chap tarafda. Ular do‘zax ahliga qarab xuddi itlar
singari akillaydilar.
Avzo’iy aytadilar: «Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir hovlida yig‘i ovozini eshitib, u
yerga kirdilar. Yonlarida sherigi ham bor edi. U yerdagi ayollarni turtib-surib o‘tib, dod
solib aytib yig‘lovchi ayolning oldiga bordilar-da, uni urdilar. Ayolning ustidan yopinchig‘i
tushib ketdi. «Ur uni, – dedilar. – U dod solib yig‘lovchidir, behurmatdir. U sizlarning
qayg‘ularingizga sherik bo‘lib yig‘layotgani yo‘q, balki pullaringizni olish uchun ko‘z
yoshlarini to‘kyapti. U qabrlardagi o‘liklaringizga ozor beradi. Chunki u sabrdan
qaytaradi, holbuki, Alloh sabrga buyurgan. U betoqatlikka buyuradi, holbuki Alloh undan
qaytargan».
Dod solib yig‘lash – ovozda mayyitning yaxshi xislatlarini sanab yig‘lashdir.
Fasl
Dod solib yig‘lovchi ayol betoqatlikka targ‘ib qilib, sabrdan qaytarganligi sababli malomat
va azobga giriftordir. Holbuki, Alloh va Rasuli sollallohu alayhi vasallam sabrga va savob
umid qilishga buyurib, betoqatlik va g‘azablanishdan qaytargan.