Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Urvaning bir oyog‘i qorason bo‘lib, boldiridan kesib tashlandi. U ancha qarib qolgan edi. 
Shu kechasi u zorlanib duo qilmadi. Faqatgina: «Bu safarimizdan nasib qilgani shu 
ekan», deb qo‘ydi xolos va quyidagi misralarni o‘qidi: 
 
Qasamki, shu yengil kaftlarim meni 
Shubhali ishlarga tortqilagan yo‘q.  
Guvohlik bersinlar oyoqlarim ham, 
Zino-yu, faxshlarga yetaklagan yo‘q. 
Qulog‘im-u ko‘zim, fikrim-u aqlim, 
Ma’siyat va gunoh birla olishgan. 
Menga va o‘g‘limga yetgan musibat 
Qancha yigitlarning boshiga tushgan. 
 
So‘ngra u zot roziyallohu anhu munojot qilib dedilar: «Ey Allohim, meni sinagan 
ekansan, aslida salomat qilibsan. Olgan ekansan, yana qoldiribsan. Bir a’zoni olib ko‘p 
a’zolar qoldirding. Bir farzandni olib, ko‘p farzandlar qoldirding». 
 
Xuddi shu kechasi Validning oldiga Bani Abaslik ko‘r kishi keldi. Undan qanday qilib ko‘r 
bo‘lib qolgani haqida so‘ragan edi, boshidan o‘tganini so‘zlab berdi: 
 
«Dunyoda o‘zimdan ko‘ra badavlatroq abaslik kishi yo‘q edi. Bir kechasi darada tunab 
qoldim. Tunda sel kelib, butun ahlim, bola-chaqam, mol-holimni oqizib ketdi. Faqat bir 
bolam bilan, bir tuyam qoldi. Tuya qaysarlik qilib qochib ketdi. Uning ortidan quvlay 
boshladim. Bir oz yurgan edim, bolamning chinqirgani qulog‘imga chalindi. Qaytib kelib 
ne ko‘z bilan ko‘rayki, bir bo‘ri jigarbandimni g‘ajib tashlabdi. Bo‘rini o‘ldirdim. Keyin 
tuyani ushlash uchun orqasidan borgan edim, qo‘qqisdan yuzimga tepdi. Ko‘zim ko‘r 
bo‘lib qoldi. Shunday qilib butun ahli oilam va mol-mulkimdan ayrildim». 
 
Shunda Valid: «Buni Urvaning oldiga olib boringlar. Toki u yer yuzida o‘zidan ko‘ra 
qattiqroq musibatga uchragan kishi ham borligini bilib qo‘ysin», deb buyurdi. 
 
Usmon roziyallohu anhuga hamla qilib, jarohat yetkazganlarida, soqollari qonga 
bo‘yalgan holda shunday degan edilar: «Sendan o‘zga hech qanday iloh yo‘q. Sen 
barcha aybu nuqsonlardan poksan. Men zolimlardan bo‘lib qoldim. Ey Allohim, ularga 
qarshi O‘zingdan madad tilayman, barcha ishlarimda yordamingga muhtojman va bu 
sinovlaringda O‘zing meni sabrli qilgin». 
 
Madoiniy aytadilar: «Men sahroda (sahroiy arablar maskanida) bir ayolni uchratib 
qoldim. Uningdek go‘zal va rangi tiniq ayolni sira ko‘rmagan edim. Undan: «Shodlik 
sababli shu qadar go‘zalmisan?» deb so‘ragan edim, u: «Yo‘q, Allohga qasamki, bunday 
emas. Men g‘am va qayg‘uga nishonman. Boshimdan o‘tganini senga so‘zlab beraman. 
Mening erim va ikki o‘g‘lim bor edi. Otasi qurbonlik kunida bir qo‘yni qurbonlikka so‘ydi. 
Bolalar nariroqda o‘ynab yurishgan edi. Kattasi kichigidan: «Otam qo‘yni qanday qilib 
so‘yganini ko‘rsataymi?» deb so‘ragan edi, u: «Ha», dedi. U bilmay ukasini so‘yib qo‘ydi 
va qonni ko‘rib qo‘rqib toqqa qochib ketdi. U yerda bo‘riga yem bo‘ldi. Otasi uni qidirib 
ketdi va adashib, tashnalikdan vafot etdi. Shunday qilib men erim va ikki farzandimdan 
ayrildim», deya javob berdi. Undan: «Qanday qilib sabr qilyapsan?» deb so‘ragan edim, 
u: «Agar musibat to‘xtamasdan davom etsa ham, men sabr qilaveraman. Jarohatim 
bitib ketgan», dedi. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin