FOR operatori.
For sikl operatorini takrorlanishlar soni oldindan aniq bo’lganda ishlatish
maqsadga muvofiqdir. For operatorining takrorlanishini, undan oldin berilgan
o’zgaruvchi aniqlaydi.
For sikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma ketliklarni bajarish lozim:
1. Kursorni dastur kiritish kerak bo’lgan bo’sh joyga qo’yiladi.
2. Dasturlash panelidan For Loop (Sikl For) tugmasi bosiladi.
3. For operatorining o’ng tamonidan o’zgaruvchi nomi kiritilib, ungan keyin
o’zgaruvchining o’zgarish diapazoni beriladi. Sikl o’zgaruvchisi sonlar qatori yoki
vektor bo’lishi mumkin. Masalan rasmda o’zgaruvchi qiymatlari verul bilan ajratilgan
vektor qilib berilgan.
4. For operatori pastidan sikl hisoblashi lozim bo’lgan ifodalar kiritiladi. Agar
siklda bir necha ifodalarni hisoblash kerak bo’lsa, oldin kursorni kiritish joyiga qo’yib,
keyin Add Program Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi o’rta qavs)
tugmasini sikl nechta qatorni o’z tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish kerak bo’ladi.
Keyin kiritish joylarini kerakli ifodalar bilan to’ldirib, ortiq kiritish joyi olib
tashlanadi. Quyidagi 1.8-rasmda keltirilgan misolda berilgan qiymatdan biron
vektorning birinchi katta qiymatini aniqlash berilgan.
1.8-rasm. Dasturlashda For sikl operatorini qo’llash.
|