faoliyati va ularda moddalar almashinuvining boshqarilishi, turli patologik
holatlarning rivojlanishidagi asosiy rolni mitoxondriya ichki membranasidagi
SiklosporinA (SsA)-sezgir poralar o‗ynaydi deb taxmin qilinadi. Birinchi marta
xarakterlangan bo‗lib, MRT - pora (mitixondrial permeability transition pore)
21
80-yillarning oxirigacha, ya‘ni immunodepressiv siklik dekapeptid
siklosporinA MTR-porani o‗ziga xos bloklashi aniqlanguniga qadar, bioximiyaviy
jihatdan ajablanarli bo‗lib kelgan. Shundan so‗ng, MRT-pora o‗zining ikkinchi
nomini oldi, ya‘ni siklosporinA - sezgir pora (SsA-sezgir pora). Taxminan, uning
ta‘siri SsA-bog‗lovchi oqsil siklofilin orqali ifodalanadi. MRT-poralar yuzaga
keltirgan o‗tkazuvchanlikning tez o‘zgarishi membranalar depolyarizasiyasini,
oksidlanishli – fosforlanishning ajralib qolishiga, ichki Mx ionlarining va
metabolitik intermediatlarining hamda Mx larning yuqori amplitudada bo‗kishiga
olib keladi.
MRT-poraga siklosporin A ning ingibirlovchi ta‘sirida to‗ydiruvchanlik
effektining asosi shuni ko‗rsatadiki, u mitoxondriya membranasida lipid nomaxsus
o‗zgarishiga qaraganda, kanal yoki pora hisoblanadi. Petch-klyampa texnikasini
qo‗llash natijasida, mitoxondriya membranasidagi SsA-sezgir pora o‗rganilgan. Bu
pora 1500 Da gacha bo‗lgan molekulyar massaga ega bo‗lgan anion va kation
aralashmalarini o‗tkaza oladi va ko‗p tarkibli o‗tkazuvchi kanalga o‗xshaydi.
Poralarning o‗tkazuvchanligini plazmatik membrana Na
+
va Ca
2+
kanallarinikidan
xam yuqori bo‗lganligi uchun, MRT – poralarni ifodalash uchun yana bir termin
«mitoxondriya megakanali» ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda Ca
2+
ga bog‗liq MRT – poraning ochilishiga olib keluvchi
omillarning katta qismi ma‘lum: Ca
2+
ning yuqori konsentrasiyasi, prooksidantlar,
lipidlarning perekisli oksidlanish (LPO) ikduksiyasi pora kompleksida tiol
gruppalarning oksidlanishi, noorganik fosfatlar, membrana potensialining
kamayishi va pH matriksining kutarilishi, ingibitorlar ADF/ATF-antiporter
antraktilat va karboksiantraktilat asetil – CoA va erkin yog kislotalari,
mezofosfolipidlar, ogir metallar, tireoid gormonlari, vazopressin gormoni va
boshkalar. Biroq MRT – poraning yopilishiga olib keluvchi ta‘sirlar va moddalar
ancha kamroq: Mg
2+
, ADF, yuqori membrana potensiali, past pH va ba‘zi bir jinsiy
gormonlar, glutation, antioksidantlar.
22
SsA-sezgir poralarning molekulyar tuzilishi haligacha tortishuvligicha
qolmoqda. Biroq, hozirgi paytda SsA-sezgir poralar uzida oksil matriksi, tashki va
ichki membranasi, ANT, SfD va shu kabi bir kator moddalarning murakkab
kompleksidan iborat deb taxmin kilinmokda.
Ko‗rsatilishicha, pora ochiq holatga o‗tganda, ANT ligantlariga juda sezgir
bo‗ladi [Андреев и др., 1994]. Barcha nukleotidlar ichidan faqat ANT substratlari
(ADF va ATF) pora bilan o‗zaro ta‘sirlashadi [Halestrap et al., 1998]. Shuningdek,
ANT darvoza pora singari ishlaydi.
Substratlar transporti vaqtida ANT ikki xil konformasion holatda bo‗ladi: m-
konformasiya (bunda bog‗lanish vaqtida substratlar ichki membranaga matriks
tomondan ta‘sir ko‗rsatadi) va s-konformasiya (bunda bog‗lanish vaqtida
substratlar ichki membranaga sitoplazma tomondan ta‘sir ko‗rsatadi). Membranaga
turli tomondan ta‘sir qiluvchi antiporter ingibitorlari, xususan, ANT bilan s-
konformasiyada bog‗lanuvchi - atraktilat, karboksiatraktilat va asil-SoA lar
poraning induksiyalanishini stimullasa, matriks ingibitorlari, xususan, antiporter
bilan m-konformasiyada bog‗lanuvchi – bonkrek kislotasi esa uning ochilishiga
to‗sqinlik qiladi [Mихайлова и др., 1996]. Demak, bu s-konformasiya poraning
ochilishi uchun ishlaydi deyishga asos bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: