3-kompleks.
bс
1
-kompleks
yoki
ubixinon:sitoxrom с-oksireduktaza
elektronlarning UQ dan sitoxrom с ga tashilishini katalizlaydi. U kamida 8 ta
subbirliklardan tashkil topib, ularda ikkita sitoxrom b, sitoxrom с va yuksak
musbat zaryadli bitta temir-oltingugurtga ega oqsil, ikkita temir-oltingugurt
klasteri, Riske oqsili deb ataladigan oqsil ham bor. Har ikkala sitoxrom b ning
apooqsillari bitta struktura geni bilan belgilansa ham, ular (sitoxrom b dimerlari
holida mavjud bo‗lib) atrof-muhit bilan turlicha ta‘sirlashganliklari uchun
funksional jihatidan o‗zaro farqlanadi. Sitoxrom b
562
(yoki b
k
) ning yarim
qaytarilish potensiali +0,30 V, sitoxrom b
566
(yoki b
т
) da esa u -0,30 V ni tashkil
etadi. Chunonchi, in vitro tadqiqotlarida qayd etilganidek,
bo‗lmagan
sharoitda, b
562
b
566
ga nisbatan har doim qaytarilgan holatda bo‗ladi. Membrana
potensiali paydo bo‗lganda, ahvol o‗zgaradi, ya‘ni sitoxrom b
566
ning potensiali
keskin o‗zgarib, sitoxrom b
562
potensialidan oshib ketadi. 3-kompleksga tegishli 3
ta sitoxromlar b
562
,
b
566
va с. Tabiatan integral oqsillardir. Elektronlar
sitoxromlardan temir-oltingugurt oqsil orqali membrananing tashqi yuzasiga yaqin
joylashgan sitoxrom с
1
ga o‗tkaziladi. Sitoxrom с oqsilga kovalent bog‗langan
protogemga ega.
3-kompleksning maxsus ingibitori bo‗lmish antimitsin A mavjudligi
sharoitida, sitoxromlar qaytarilgan, sitoxrom с esa, oksidlangan holatda bo‗ladi.
Shu asosda ularni spektrofotometrik yo‗l bilan farqlantirish oson. Antimitsin A va
membrana orqali o‗ta olmaydigan nospetsifik elektron akseptori rolini o‗ynovchi,
ferritsianid mavjudligi sharoitida qiziq hodisa, ya‘ni sitoxrom с ning qo‗shimcha
oksidlanishi bilan bir qatorda kutilmaganda sitoxrom b larning qaytarilishi sodir
bo‗ladi. Sitoxrom b larning ana shu xil anomal qaytarilishini izohlash maqsadida
16
bir nechta modellar taklif etilgan. Ularning eng oddiysi, elektron tashuvchi zanjir
modeli bo‗lib, u bunday sharoitda tarmoqlanadi deb faraz qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |