Kapital daromadi – pul mablag‘lari kirimlari va qayta sotuvdan
tushgan pul bilan aniqlanadigan boshlang‘ich xususiy kapital daromadining
ichki qo‘yilmasi. Soliqlar to‘langunga qadar va to‘langanidan keyingi
ikkita qo‘yilma mavjuddir.
Kapitallashtirish me’yori – ko‘chmas mulkning bozordagi
qiymatining o‘zi keltirgan sof daromadga munosabati.
Ko‘chmas mulk – yer va undagi inshootlar hamda faqat yer uchun
ishlatiladigan atama. Ko‘chmas mulk – bu yer maydonlari va u bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan hamma narsalar, ya’ni: binolar, inshootlar, boshqa
mulk majmualari, ko‘p yillik daraxtlar hamda yerosti boyliklari. Ko‘chmas
mulk boshqa joyga olib o‘tilishi unga ziyon yetkazadigan mulk sifatida
ta’riflanadi.