TO‘QQIZINCHI FASL
Alloh taolo shu ma’noda buyuradiki: "Ey Muhammad, boshingni sajdadan ko‘tar! So‘zla,
so‘zlaring inobatga olinadi. Shafoat qil, qabul qilinadi.
Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ey Rabbim! Bandalaring orasidan yaxshilarni va
yomonlarni ayir. Kutishlari uzoq cho‘zilib ketdi. Barchalari gunohlari tufayli arosat
maydoniga razil va rasvo bo‘ldilar", deyiladi.
Bir nido keladi: "To‘g‘ri aytding, ey Muhammad (s.a.v.)" Janobi Haq jannatga buyuradi
va jannat turli ziynatlar bilan ziynatlanadi. Keyin Arosat maydoniga keltiriladi. Shu
darajada xushbo‘y hidi borki, besh yuz yillik masofadan seziladi. Bu holdan qalblar
rohatlanadi. Ruhlar tiriladi. (Lekin kofirlar, murtadlar, musulmonlar bilan jang qilganlar,
Qur’oni karimni haqorat qilganlar, yoshlarni aldab iymondan ayirganlar) amallari yomon
va habis bo‘lganlar jannatning hidini hidlamaydilar.
Jannat Arshi a’loning o‘ng tarafiga qo‘yiladi. Undan keyin Alloh taolo do‘zaxni keltirishni
buyuradi. Jahannamga qo‘rquv kiradi va dod soladi. Unga yuborilgan farishtalarga:
"Alloh taolo menga ozor berish uchun biror bir maxluq yaratdimi?" deb savol beradi?
farishtalar esa: "Alloh taoloning izzati va jaloli va jabaruti haqqi, Rabbing sen orqali
osiylardan, islom dushmanlaridan intiqom olish uchun bizni senga yubordi. Sen ana
shuning uchun yaratilgansan", deyishadi. Jahannamni to‘rt tarafidan ushlab ko‘tarib
keladilar. Yetmish ming ip boylab ko‘taradilar. Har bir ipda yetmish ming halqa bor.
Dunyodagi temirlarning hammasi to‘plansa ham uning bir xalqasicha bo‘lmaydi. Har
xalqada zaboniy deyiluvchi azob farishtalaridan yetmish mingtasi bor. Ularning biriga
dunyodagi tog‘larni surish buyurilganida edi, parcha-parcha qilardi.
Shunda do‘zax o‘zidan dahshatli ovoz chiqaradi, pishqirib olov sochadi va o‘zidan
shiddatli bir tuman chiqaradi. Buning oqibatida osmon qop-qora bo‘ladi. Mahshargohga
ming yillik masofa qolganida farishtalar uni qo‘yib yuborishadi. Gumburlagan ovozi va
issiqligi chidab bo‘lmas darjada bo‘ladi. Mahshargohdagilarning hammasi bundan juda
qo‘rqadilar. "Bu nima?" deb so‘raydilar. "Jahannam zaboniylarning qo‘lidan qutulibdi,
sizga yaqinlashyapti. Bu o‘shaning ovozi" deb xabar beriladi. Buni eshitib hammaning
tizzasida mador qolmaydi va beixtiyor tiz cho‘kadilar. Hatto payg‘ambarlar va rasullar
ham o‘zlarini tuta olmaydilar.
Hazrati Ibrohim (a.s.), Muso (a.s.) va Iso (a.s.) arshi a’lo poyini quchoqlab oladilar.
Ibrohim (a.s.) qurbon qilmoqchi bo‘lgan Ismoil (a.s.)ni ham unutadi. Muso (a.s.) birodari
Horun (a.s.)ni unutadi. Iso (a.s.) volidasi hazrati Maryamni unutadi. Har biri: "Ey
Rabbim! Bugun nafsimdan boshqa narsani istamayman", deydi.
Faqat Payg‘ambarimizgina (s.a.v.): "Ummatimga omonlik va najot ber, ey Rabbim!"
deydilar.
U yerda bunga chiday oladigan hech kim bo‘lmaydi. Alloh taolo Josiya surasining 28-
oyatida shunday marhamat qiladi:
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |