4
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotini
modernizatsiyalash
sharoitida
monetar
siyosat
vositalarini
takomillashtirish xususida quyidagi asosiy muammo va kamchiliklarni keltirib
o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, ularning asosiylari quyidagilar:
bilvosita vositalarning barcha yangi turlarini joriy etish; majburiy zahira talablari
me’yorini pasaytirish, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini va
muomaladagi ortiqcha likvidlilikni tartibga solish mehanizmlarini rivojlantirish;
kapital bozorini to’liq shakllantirish va rivojlantirish; yalpi ichki masulot deflyatori
bo’yicha umumiy inflyatsiya indeksini yanada pasaytirish hamda pulga bo’lgan
talabni oshirish muammolarini bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz
va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o’sish
sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1
foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 6,9
foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga
ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi
2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7
foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o’sdi. Inflyatsiya
darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga
nisbatan sezilarli darajada pastdir”
1
. Shuningdek, tijorat banklari balansida yuqori
likvidli qimmatli qog’ozlar miqdorining kamligi ham, Markaziy bankning ochiq
bozor operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 2009-
2013 yillar aprel holatiga ko’ra “ Toshkent ” RFB birja aylanmasining
ko’rsatkichlariga muvofiq 5,4 mlrd.so’mlik bitimlar imzolangan bo’lib, shulardan
2013 yil aprel holatiga Qimmatli qog’ozlar birja aylanmasining tarmoqlar bo’yicha
Dostları ilə paylaş: